2019 yilda 18 ta oliy darajadagi taşrif amalga oşirildi. Bu haqda taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov «Xalq sözi» gazetasiga ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, bular - prezident Şavkat Mirziyoyevning Hindiston, Germaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Belarus, Ozarboyjon, Yaponiya va Rossiya Federatsiyaga amalga oşirgan davlat va rasmiy taşriflari.
Şu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Germaniya davlat rahbarlari, Yevropa ittifoqi rahbari, şuningdek, Şanhay hamkorlik taşkilotiga a'zo mamlakatlar hukumat rahbarlari Özbekistonga taşrif buyurdilar.
Oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida 122 ta ikki tomonlama hujjat imzolanib, ulardan törttasi davlatlararo bitim, 31 tasi hukumatlararo bitim, şuningdek, 35 tasi taşkilotlar va mintaqalar orasida imzolangan boşqa hujjatlardir.












