Rossiya va Ukraina 5 kunlik muzokaralardan söng Rossiya gazining 1 yanvardan Ukraina orqali tranzitini ta'minlovçi hujjatlar paketini imzoladi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Miller ma'lum qildi. 

“Bugungi kundan boşlab uşbu hujjatlar yuridik kuçga ega böladi va 2019 yil 31 dekabrdan keyin Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini ta'minlaydi”, deb aytgan Miller.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma'lum qilişiça, şartnoma 5 yillik muddatga imzolangan. Kiyev bu muddat içida Rossiya gazi tranzitidan 7 mlrd dollardan köproq pul olişni möljallamoqda.  

Uning ta'kidlaşiça, hujjatda birinçi yili 65 mlrd kubmetr, qolgan 4 yilda 40 mlrd kubmetrdan gaz ötkazilişi közda tutilgan. 

Avvalroq ikki davlat gaz sohasida hamkorlik haqidagi bayonnomani imzolagandi. Unga köra, “Gazprom” Ukrainaga 2,9 mlrd dollar tölab bergan.