AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo kelişuvining birinçi qismi 15 yanvar kuni Oq uyda imzolanişini ma'lum qildi.
"15 yanvar kuni Xitoy bilan savdo kelişuvimizning yirik va yalpi birinçi qismini imzolayman. Marosim Oq uyda bölib ötadi. U yerda Xitoyning yuqori martabali vakillari böladi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Trampning yozişiça, keyinroq u kelişuvning ikkinçi qismi böyiça muzokara ötkaziş uçun Pekinga yöl oladi.
Xitoy va AQŞ 13 dekabr kuni savdo kelişuvining birinçi qismi böyiça kelişib olganini ma'lum qilingandi. Uning doirasida tomonlar bir-biriga nisbatan yangi bojlar joriy etmaslikka kelişib olgandi.












