Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan turkiyalik harbiylarni Liviyaga jönatişga ruxsat berişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini ratifikatsiya qildi. Qonun Resmi Gazete naşrida e'lon qilinib, rasman kuçga kirgan.
Şu kunlarda Turkiya parlamenti hujjat loyihasi uçun parlamentning 325 nafar deputati ovoz bergandi. Muxolifatdagi 184 deputat qarşi bölgan.
Taxmin qilinişiça, Turkiya avvaliga Afrika şimoliga Liviya Milliy kelişuv hukumati harbiylarini harbiy tayyorgarlikdan ötkazuvçi mutaxassislarni yuborişni rejalaştirgan. Bundan taşqari, Anqara bu mamlakatga Turkiyada işlab çiqarilgan qurollarni yetkazib berişi mumkin.
Al Arabiya telekanali öz manbasiga tayanib xabar qilişiça, Turkiya dastlabki harbiylarini ikki kun içida Liviyaga jönatmoqçi.
Ayni paytda Liviyada parallel ravişda ikkita ijro hokimiyati organi faoliyat olib bormoqda: Fayoz Sarojning BMT tomonidan tan olingan Tripolidagi Milliy kelişuv hukumati va mamlakat şarqidagi Benğozi şahridagi parlament bilan birgalikda amalda bölgan va feldmarşal Xalifa Haftarning Liviya milliy armiyasi tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Abdulla Abdurahmon as-Soniyning muvaqqat mahkamasi.
Liviya davlati 2011 yilda NATO kuçlarining 8 oy davom etgan bombardimonlari natijasida öz mavjudligini yöqotgan. Öşandan buyon bu mintaqada fuqarolik uruşi davom etmoqda. Rossiya, Fransiya, Misr, BAA kabi davlatlar kömagidagi Xalifa Haftar 5 yildan buyon Ğarbdagi hukumatga qarşi kuraşib keladi. Uning armiyasi 2018 yilning aprelida Tripoli tomon yuriş boşlagan, 12 dekabr kuni uning qurolli kuçlari poytaxt uçun hal qiluvçi jangga kirişayotgani ma'lum qilingandi. Liviya milliy armiyasi qömondonligi mamlakatga har qanday boşqa davlatning kirib kelişiga qarşi turişini bir neça bor ta'kidlagan hamda Turkiyaning harbiy yordam ortilgan kemalarini çöktirib yuboriş va yuk samolyotlarini urib tuşiriş bilan tahdid qilgan.
23 dekabr kuni Liviya Milliy kelişuv hukumati rahbari Fayoz Saroj Anqaraga harbiy yordam sörab murojaat qilganini tasdiqladi. Noyabr oyida Turkiya va Liviya örtasida imzolangan harbiy sohadagi hamkorlik töğrisidagi memorandum yerusti, dengiz va havo operatsiyalarida texnikalar, qurilmalar va qurol-yaroğ yetkazib berişni közda tutadi.
Turkiya prezidenti esa Liviya hududida ruslarning «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasining 2 mingga yaqin harbiysi mavjudligini aytib (OAV ma'lumotiga köra, rossiyalik yollanma harbiylar 2019 yil kuzida Haftark kuçlariga yordam beriş uçun yetib kelgan), agar Liviya yordam sörasa, Turkiya harbiylarini yuborişga tayyorligini ma'lum qilgandi.













