AQŞ kongressi vakillar palatasi joriy haftada AQŞ prezidenti Donald Trampning Eronga nisbatan harbiy harakatlar masalasidagi vakolatlarini çeklaşga qaratilgan rezolyutsiya böyiça ovoz beradi. Bu haqda vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi demokratlarga yöllagan maktubida ma'lum qilgan.

Pelosining maktubda ta'kidlaşiça, AQŞ harbiylarining eronlik general Qosim Sulaymoniyning ölişiga olib kelgan zarbasi “iğvogar va nomutanosib bölgan”. “Bu harakatlar Eron bilan munosabatlardagi keskinlikning jiddiy çuqurlaşişi bilan birga harbiylarimiz, diplomatlarimiz va boşqa şaxslarni xavf ostiga qöydi. Bizning kongress a'zolari sifatidagi boş majburiyatimiz AQŞ xalqi xavfsizligini ta'minlaşdan iborat. Şu sababli biz ma'muriyat kongress bilan malahatlaşmasdan, kongressning AQŞ konstitutsiyasi bilan kafolatlangan harbiy vakolatlarini hisobga olmasdan bu harakatlarni amalga oşirganidan xavotirdamiz”, deb yozgan Pelosi.

Kongress Sulaymoniyga zarba berilişi haqida ogohlantirilmagan. The Washington Post naşrining yozişiça, Oq uy 3 yanvarda ötkazilgan operatsiya haqida kongressni 4 yanvarda xabardor qilgan. Ta'kidlanişiça, Oq uy tomonidan kongressga jönatilgan bu boradagi hisobot maxfiylaştirilgan va e'lon qilinişi-qilinmasligi noma'lum.

5 yanvarda AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ amerikalik fuqarolar va obektlarga har qanday hujumga javoban Eronga kuçli zarba berişi mumkinligidan ogohlantirgan. U Tehronga qarşi bunday qadamlar amalga oşirilgudek bölsa, kongressni bundan rasman xabardor qiliş şartmasligini ta'kidlab ötgan.