Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe dastlabki şartlarsiz KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan uçraşiş istagida.
«Men öğirlangan yapon fuqarolari muammosini tezroq hal qiliş uçun yetakçi (Kim Çen In – tahr.) bilan uçraşişga tayyorman», – degan Abening matbuot anjumanidagi sözlarini keltirdi NHK.
Yapon fuqarolarining KXDR agentlari tomonidan öğirlanişi 1977 yildan 1983 yilgaça bölgan davrni qamrab oladi. Yaponiya hukumatiga köra, olib ketilgan fuqarolar soni 17 nafar. Ajablanarlisi, öğirlanganlarning yoşi 30gaça bölgan va ularning biron-bir siyosiy jarayonlarga aloqasi ham bölmagan. 13 yoşli maktab öquvçisi Yokota Megumi ham şular jumlasidan.
Şimoliy Koreya tomoni uzoq vaqt ayblovlarni rad etib keldi. Yaponiya va KXDR örtasida diplomatik aloqalar örnatilmagan bölib, 1992 yilda mazkur masala yuzasidan muzokaralar bölib ötgan, öşanda yapon tarafi öğirlanganlar masalasini kötarganda, şimoliy koreyaliklar norozilik belgisi sifatida muzokara zalini tark etgandi.
KXDR rasmiylarining rad etişiga qaramay, 2002 yil 17 sentyabrda mamlakatning avvalgi rahbari Kim Çen Ir Yaponiya boş vaziri Dzyunitiro Koidzumi bilan uçraşuvda öğirlanganlar haqidagi faktni tan olib, uzr söragan.
Sindzo Abe avval ham Kim Çen In bilan uçraşişga tayyorligini bildirgandi.
Ötgan yili iyun oyida Kim Çen In ham Yaponiya boş vaziri bilan uçraşişga qarşi emasligi ma'lum bölgandi. KXDRlik diplomat Txe Yon Xo uçraşuv Yaponiya Şimoliy Koreyaga yordam körsatgan taqdirda amalga oşişini aytgan.











