20 yanvarda Melburnda boşlanadigan tennis böyiça Avstraliya oçiq çempionati öyinlari Avstraliyada bir neça oydan beri davom etayotgan örmon yonğinlari sababli yopiq kortlarda ötkazilişi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqaning taşkilotçilari öyinlar oçilib-yopiluvçi tomli stadionlarda yoki yopiq kortlarda ötkazilişi mumkinligini ma'lum qilişgan. “Bizda “Melburn-park”da 3 ta oçilib-yopiluvçi tomli stadion va 8 ta yopiq kort bor. Kuçli tutun vaqtida stadionlar tomlari yopiladi, öyinlar vaqtida unda konditsionerlar işlab turadi. Agar tutun stadionlar içiga kirsa, havoni şamollatiş tizimi uni filtrlaydi”, deyilgan musobaqa taşkilotçilari xabarida.
“Öyinçilar, xodimlar va muxlislar salomatligi hamişa ustuvor böladi va biz buni yodda tutgan holda qaror qabul qilamiz”, deb aytgan musobaqa direktori Kreyg Tayli.
Avvalroq Australian Open’ning 7 karra ğolibi Novak Jokoviç musobaqa boşlanişini keyinroqqa köçirişni taklif qilgandi.
Musobaqa 20 yanvardan 2 fevralgaça Melburnda bölib ötadi. Ayni vaqtda Avstraliyaning Brisben, Pert va Sidney şaharlarida Professional tennisçilar uyuşmasining jamoaviy musobaqasi ATP Cup bölib ötmoqda.
Avstraliyadagi örmon yonğinlari 2019 yil oktyabridan beri davom etmoqda. Ayni vaqtda mamlakatning Yangi Janubiy Uels va Melburn joylaşgan Viktoriya ştatlarining katta hududi olov bilan qamrab olingan.












