«Paxtakor» va Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Jaloliddin Maşaripov «Sport» telekanalining «Bugun futbol» körsatuvida mehmon bölib, öziga bölayotgan takliflar, «Paxtakor»ning Adeybayorga qiziqişi haqida fikrlarini bildirib ötdi.

«Töğrisini aytsam, özimga Osiyo klublaridan takliflar böldi. Ammo men Xitoy yoki Qatarda emas, Yevropada töp surişni istardim. Hozirça taklif yöq, faqat qiziqişlar bor. Masalan, Rossiya çempionatidan qiziqişlar böldi, ammo ular transfer narximni eşitib, Braziliyadan legioner olib kelişni ma'qul topişadi. Rossiya klublari safiga tekinga borib qöşilsam, imkoniyat berişga tayyor, ammo transfer puli söralganda, undan köra, Braziliyadan futbolçi olib kelişni lozim topişadi. 

Bu yil «Paxtakor» Osiyo çempionlar ligasida çempion bölişni maqsad qilgan. Şu bois, jamoada qolib maqsadga erişiş uçun yordam bermoqçiman. Kelajakda esa Angliya yoki Ispaniya çempionatida töp surişni istardim.

Adebayorning «Paxtakor»ga kelişi? Bizga ham Adebayor bilan gaplaşayotganliklari haqida aytişgandi. Ammo, aniq bir ma'lumot berilgani yöq. Agar, Adebayordek futbolçilar çempionatimizga kelsa, foydasi tegadi. U OÇLda ham «Paxtakor»ga katta yordam berişi mumkin.

Eng yaxşi tandem? Şaxsan men uçun maydonda eng yaxşi tandem bu Farrux Sayfiyevdir. U bilan nafaqat maydonda, maydon taşqarisida ham bir-birimizni juda yaxşi tuşunamiz. Ayniqsa, qanotlarda tuşunib töp suramiz. Akrom Komilov haqida ham yaxşi fikrdaman, u bilan ham maydonda bir-birimizni yaxşi tuşunib harakat qilamiz» - deydi Jaloliddin Maşaripov telekanaldagi suhbati davomida.