5-avgust kuni ÖFA majlislar zalida Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Italiyalik mutaxassis ilk bor jurnalistlar qarşisida JÇ yakunlarini sarhisob qildi va savollarga javob qaytardi. Berilgan javoblaridan biliş mumkinki, u mahalliy matbuotni jiddiy kuzatib boradi va öz manziliga bildirilgan tanqidlardan yaxşi xabardor.
Toşkentga qaytmagani haqida
Kannavaro jahon çempionatidan keyin darhol milliy jamoa bazasini tark etib, dam oliş uçun Italiyaga jönab ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Ötgan oy mobaynida juda köp har xil savollar böldi, har xil gaplar böldi, masalan, men töğrimda, milliy jamoa töğrisida. Şu sababdan oldin ba’zi jihatlarga töxtalib ötmoqçiman. Jumladan, şu jahon çempionatidan keyin men darhol Italiyaga dam oliş uçun ketganim haqida gaplar böldi. Lekin men şuni ta’kidlaşim kerak, men oxirigaça Nyu Yorkda, milliy jamoa mehmonxonasida, futbolçilar bilan birga edim.
Va barça bilan kelişgan holda yaxşi xayrlaşdik va jahon çempionatidan keyin çempionat öyinlari darhol boşlanmagani tufayli uşbu pauzadan foydalangan holda uyga borib keldim. Özbekiston çempionati boşlanişi bilan men yana Özbekistonga qaytib, Özbekiston çempionatini, çempionat öyinlarini kuzatişga kirişdim.
Jismoniy tayyorgarlik
Murabbiy milliy jamoaning asosiy kamçiligi haqida ham töxtalib ötdi.
Sakkiz-töqqiz oy orqaga qaytadigan bölsak, kelişim bilan ta’kidlagandim. Bizdagi mavjud muammolar töğrisida, asosiy öyinçilarning holatini yaxşilaş haqida gapirdim. Çempionat darajasini oşiriş, umuman, Özbekiston futbol tizimini takomillaştiriş, bu narsalar haqida juda ham köp gapirdik.
Va har doim intensivlik suhbatimiz markazida bölgan, ya’ni futbolçilarning intensivligini oşiriş, ularning yuqori tempda öynaşini ta’minlaş – oldimizga qöyilgan asosiy maqsad bölgan.
Çunki men törtta jahon çempionatida qatnaşganman. Futbolçi sifatida, töğri murabbiy sifatida birinçi marta qatnaşişim, lekin men jahon çempionati tempini, intensivligini juda yaxşi bilardim. Jahon çempionatdagi tempni dahşatli temp, deyiş mumkin. Lekin kimdir aytişi mumkin, kimdir jahon çempionatida oson bölişini öylagandir, lekin men jahon çempionati tempi töğrisida oldindan ogohlantirgandim.
Şu bilan birga, u taşkiliy jihatdan muammolar bölmaganini aytib, buning uçun ÖFAga minnatdorçilik bildirgan.


















