Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etiş va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça joriy yilgi ustuvor vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
«Ilğor xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallaştirildi. Qöşilgan qiymat soliğining stavkasi 20 foizdan 15 foizgaça pasaytirildi. Buning natijasida ötgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion söm mablağ qoldi.
2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaşdir», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaş uçun tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va bu orqali budjet tuşumlarini muntazam oşirib boriş zarurligi ta'kidlandi.
«Yagona yölimiz – tadbirkorlar sonini köpaytiriş, odamlarni işbilarmon qiliş! Har bir hokim budjetga qöşimça daromadlarni ta'minlaşi uçun özi izlanişi, tadbirkorga şaroit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-yelka işlaşi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Joylardagi rahbarlarning eskiça iş uslubi, energiya resurslari iste'moli va tölovi böyiça hisob-kitob yuritişi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yondaşuvi tanqid qilindi. Ötgan yili Mirzo Uluğbek, Ğuzor va Muborak tumanlarida faoliyat körsatmayotgan tadbirkorlar soni oşgani körsatib ötildi.
«Bitta tadbirkor öz faoliyatini töxtatsa ham, bunga «favqulodda holat» sifatida qaralişi kerak. Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardoş tadbirkorlarni köpaytirişdir», deya ta'kidlagan prezident.
Yiğilişda joriy yil birinçi çorakda budjetga soliq tuşumlarini ta'minlaş uçun hokimlar boşçiligida, ularning iqtisodiy masalalar böyiça birinçi örinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oşiriladigan vazifalar belgilab berildi.
«Avvalo, yangi tadbirkorlik sub'yektlarini taşkil qiliş hamda faoliyatini töxtatgan korxonalarni tiklaşga kömaklaşiş kerakligi ta'kidlandi. Buning uçun elektr, gaz, yöl, suv bilan boğliq infratuzilmani yaxşilaş, yangilarini barpo etiş zarur. Şu bois hokimiyatlar tomonidan oşirib bajarilgan daromadlar, birinçi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxşilaşga yönaltirilişi belgilandi.
Şuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kiçik sanoat zonalarining 263 gektar maydoni va 50 mingdan ziyod obektlaridan samarali foydalanilsa, köplab yangi quvvatlar taşkil etiş mumkin. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda şu borada manzilli dastur işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Davlat rahbari har bir tuman kesimida resurs soliği tölovçilarni hamda ularning obektlarini hisobga oliş, iş örinlari va tadbirkorlar faoliyatini legallaştiriş böyiça ham topşiriqlar berdi», deyiladi xabarda.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli uçun qarzdorlikni qisqartiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Toşkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boşqa joylarda debitor qarzdorlik köpaygani, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida katta miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani körsatib ötildi. Bu energiya işlab çiqaruvçi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir etişi bilan birga hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz ta'minotida uzilişlarga sabab bölmoqda.
Davlat rahbari bunday holatlarga çek qöyib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartiriş, aholi va tadbirkorlarni uşbu manbalar bilan uzluksiz ta'minlaş zarurligini ta'kidladi.
Ma'lumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, «Özbekneftgaz», «Öztransgaz», «Özqurilişmaterillari», «Özkimyosanoat» kabi yirik korxona va taşkilotlar budjet körsatkiçlariga sezilarli ta'sir körsatadi. Endilikda ulardan tuşumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq tölovçilar bilan işlaş inspeksiyasi tomonidan mustaqil yiğiladi.
Boş vazir örinbosarlari va maslahatçilariga öz komplekslari tarkibidagi korxonalarda işlab çiqariş körsatkiçlarini har oyda muhokama qilib boriş böyiça körsatma berildi.
Budjetga tuşumlarni oşirişda yana bir muhim yönaliş – davlat aktivlari. Ötgan yili davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan budjetga jami 1,6 trillion söm dividend tölangan, xolos.
Şu bois mutasaddilarga davlat mulki obektlarini, jumladan, yoğ-moy va alkogol mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonalarni xususiylaştiriş, yirik soliq tölovçi sub'yektlar böyiça dividend tölaş miqdori va davriyligini belgilaş vazifasi yuklatildi.
Yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosini samarali taşkil etiş uçun viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar böyiça birinçi örinbosarlari moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boşqa taşkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib şaroit yaratiş va budjet daromadlarini oşiriş böyiça doimiy işlaşi zarurligi qayd etildi.
Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga töliq tatbiq etiş masalasi ham atrofliça muhokama qilindi.

Ma'lumki, ötgan yili soliq tizimidagi özgarişlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga çuqur tuşuntiriş böyiça Işçi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli işlar olib borildi.
Joriy yil 1 yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar töğri qöllanişi, aholining huquq va manfaatlari ta'minlanişi uçun özgarişlardan barça xabardor bölişi kerak.
Şu bois viloyatlar, tuman va şaharlar hokimlari boşçiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni öqitişni taşkil etiş zarurligi ta'kidlandi.
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini ta'minlaşga imkon böladi. Undan taşqari, hujjatda közda tutilgan qoidalarni keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida barça tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boşqa tarğibot tadbirlarini ötkaziş muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida tarğibot böyiça media reja işlab çiqib, birinçi çorak davomida barçaga yetkaziş yuzasidan körsatmalar berildi.
Yangi kodeksda soliq organlariga ham köplab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oşiriş uçun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oşirişi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan özgartirişi zarurligi ta'kidlandi.
Davlat soliq qömitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekşiruvlari ötkaziş tartibini işlab çiqiş vazifasi qöyildi.
Yiğilişda qurilişni moliyalaştiriş masalasiga ham töxtalib ötildi. Moliyalaştiriş manbasi aniq bölmagan obektlarda qurilişni boşlaş va loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilişni moliyalaştiriş taqiqlanişi qayd etildi.
«Bugungi topşiriqlar ijrosini samarali taşkil etiş iqtisodiy kompleksdan katta mas'uliyat talab etadi. Şu bois bu yil hukumat va hududlar uçun «iqtisodiy kompleksni safarbar qiliş yili» böladi, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Videoselektorda soha va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar belgilangan prognoz rejalarni bajariş, tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan hisobot berdi.












