Bugun, 10 yanvar kuni «Taraqqiyot markazi»da Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi hamda OAV vakillari iştirokida brifing bölib ötdi.

Tadbir davomida turizm sohasidagi 2019 yil natijalari va 2020 yil rejalari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, 2019 yilda esa Özbekistonga 6 mln 748 ming 500 nafar sayyoh taşrif  buyurgan. Ularning 51,3 foizini 31-35 yoşdagi kişilar taşkil qiladi. Eng köp taşrif buyurgan sayyohlar MDH mamlakatlaridan kelişgan. Taqqoslaş uçun, 2018 yilda Özbekistonga 5 mln 346 ming 200 nafar sayyoh kelgandi.

Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi v.b. Abdulaziz Oqqulovning ma'lum qilişiça, eng köp sayyoh Buxoro, Toşkent şahri, Samarqand va Xorazm viloyatlariga taşriflar bölgan. 

Endilikda sayyohlarni yanada jalb qiliş maqsadida an'anaviy va zamonaviy tarğibot usullari hamda turizm salohiyatni tarğib qiluvçi turli xil videoroliklar namoyişlari taşkillaştiriladi. Qolaversa, joriy yilda mehmonxonalar va köngiloçar maskanlar soni kengaytirilişi rejaga kiritilgan.