Oltinçi çaqiriq Xalq deputatlari viloyat Kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada viloyat hokimini lavozimga tayinlaş masalasi körib çiqildi va Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosari O.Abdurahmonov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev  tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod 22-Örtayop saylov okrugidan saylangan deputat Ermanov Farxod  Urazboyeviçning nomzodini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşi sessiyasida tasdiqlaş töğrisida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni öqib eşittirdi.  

Sessiyada sözga çiqqan  Xalq deputatlari viloyat Kengaşiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari rahbarlari Prezidentimiz tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan Farhod Ermanov nomzodini bir ovozdan qöllab-quvvatlaşdi.