Rossiyada muhojirlarni iş bilan ta'minlaş tartibi soddalaştirilişi mumkin. «Izvestiya» naşriga köra, bunday işçilarni jalb qiladigan korxonalarni rejali tekşiruvlardan ozod qiliş taklif etilmoqda.

Tegişli qonun loyihasi Davlat dumasiga 2020 yil kuzida taqdim etilişi kutilmoqda. Hukumatning fikriça, bu çora mamlakat iqtisodiy ösişiga yordam beradi va «tartibga soluvçi gilotina» parametrlariga mos keladi.

«Rossiya tayançlari» rahbari Aleksandr Kalininning ma'lum qilişiça, keyingi ön yil içida mehnatga layoqatli yoşdagi aholi soni pasayişi mumkin, mamlakat esa hozirning özida işçilarga muhtoj. «Tabiiyki, biznes bu joylarni muhojirlar hisobiga töldirişga harakat qilmoqda. Ammo bugun ularning Rossiya Federatsiyasida işlaşi uçun jiddiy qiyinçiliklar mavjud», - deya tuşuntirdi u.

Xuddi şu pozitsiyani «Yagona Rossiya» fraksiyasi raisining birinçi örinbosari Andrey Isayev ham yoqlab çiqdi. Biroq, uning sözlariga köra, taşabbusni baholaşdan oldin, qonun loyihasining işlab çiqilgan matni bilan tanişiş kerak. «Tekşirişlarni qisqartiriş mumkin, ammo noqonuniy muhojirlar mehnatiga tösqinlik qiladigan mexanizmlar paydo bölişi kerak», - dedi parlamentariy.