Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 15 yanvar kuni eksport, investitsiya va mahalliylaştirişni kengaytiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda meva-sabzavotlar eksporti masalasi atrofliça muhokama qilindi.
Meva-sabzavot ekinlarini eksport talabidan kelib çiqib optimal joylaştiriş, salohiyatli taşqi bozorlarda savdo uylari va dilerlik tarmoqlarini taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi. Ixtisoslaşgan 55ta tumanda meva-sabzavotlar işlab çiqarişni klaster şakliga ötkaziş masalasiga ham töxtalib ötildi.
«Özstandart» agentligiga hududiy hokimliklar bilan birgalikda 155ta fermer xöjaligida «Global G.A.P.» xalqaro standartini joriy etiş, Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasiga qişloq xöjaligi mahsulotlarini taşqi bozorlar talablariga muvofiqlaştiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Eksport faoliyati jozibadorligini oşiriş uçun eksport va eksportoldi moliyalaştiriş tizimini taşkil etiş, taşiş xarajatlarini qoplaş mexanizmini kengaytiriş borasida çora-tadbirlar belgilandi.
Videoselektor yiğilişida investitsiyalarni jalb etiş masalalari tahlil qilindi.
«Ötgan yili barça manbalar hisobidan özlaştirilgan investitsiyalarning qariyb 30 foizini töğridan-töğri xorijiy sarmoyalar taşkil etdi. Sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib bordi. Umumiy qiymati 5,4 milliard dollar bölgan 145ta tarmoq va 167ta hududiy loyihalar işga tuşirildi.
Joriy yildan boşlab Investitsiya dasturlari yangi tizim asosida işlab çiqildi. 2020 yil uçun 1569ta xususiy va töğridan-töğri investitsiya loyihalari röyxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan şu yilda 233 trillion 200 milliard söm, jumladan 7,1 milliard dollar miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va kreditlar özlaştirilişi közda tutilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yiğilişda tarmoqlar va hududlar rahbarlari bu borada amalga oşirişi zarur bölgan çora-tadbirlar belgilab berildi.
Tegişli vazirlik, idora va höjalik birlaşmalari rahbarlariga tarmoq loyihalarini öz vaqtida işga tuşiriş böyiça javobgarlik yuklandi. Hududlarda amalga oşiriladigan töğridan-töğri investitsiyalar iştirokidagi har bir loyihaga respublika idoralari rahbarlari mas'ul sifatida biriktirildi.
Mutasaddilarga galdagi loyihalar böyiça loyihaoldi işlarini yakunlab, xorijiy investorlar bilan şartnomalar imzolaş va ijrosini qat'iy nazoratga oliş böyiça körsatmalar berildi.

Videoselektorda joriy yilda budjet mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalar ijrosi ham muhokama qilindi.
Prezident budjet mablağlarining samarali sarflanişi, belgilangan 2 ming 190ta obektda quriliş-ta'mirlaş işlari sifatli bajarilişini qat'iy nazoratga oliş zarurligini ta'kidladi.
Joriy yilda 372ta bolalar boğçasi, 343ta maktab, 228ta tibbiyot muassasasi, 61ta oliy öquv yurti, 44ta sport inşooti, 187ta içimlik va oqova suv tarmoği, 241ta irrigatsiya va melioratsiya obektida quriliş-ta'mirlaş işlari belgilangan.
Ötgan yili boşlangan loyihalarni sifatli amalga oşiriş, yangi obektlar böyiça tender savdolarini yakunlaş va moliyalaştiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Prezident investitsiya loyihalarini işlab çiqiş, amalga oşiriş va monitoring qiliş, investitsiyalar samaradorligini baholaşda muammolar saqlanib qolayotganini körsatib ötdi.
Mutasaddilarga xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tarmoqlar va hududlar böyiça investitsiya strategiyasini işlab çiqiş, bunda jalb qilinayotgan investitsiyalar samaradorligi va iqtisodiy-ijtimoiy ta'sirini baholaş, töğridan-töğri xorijiy sarmoyalarni yönaltiriş uçun yetakçi sohalarni belgilaş vazifasi qöyildi.
Investitsiya loyihalarini joylaştirişda birinçi navbatda infratuzilmaga ulaniş imkoniyatlari va xarajatlariga alohida e'tibor qaratiş zarurligi ta'kidlandi.
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan yana biri – mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş orqali içki va taşqi bozorda raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş.
2019 yil yakuni böyiça lokalizatsiya doirasida 800dan ortiq loyihalar işga tuşirildi. Xususan, polivinilxlorid, katanka, elektrodvigatel, şişa idişlar, maişiy texnika, har xil dori-darmonlar va boşqa turdagi mahsulotlar işlab çiqariş özlaştirildi.
«Joriy yildan boşlab mahalliylaştiriş dasturini yangiça yondaşuvlar asosida şakllantiramiz», degan davlat rahbari.
Xususan, 830ta loyiha doirasida 9 trillion sömlik yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqariş rejalaştirilgan.
«Özeltexsanoat» uyuşmasi, «Özagrotexsanoat-xolding» AJ, «Özavtosanoat» AJ, «Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş» agentligi, «Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi, şuningdek, Toşkent şahri, Farğona viloyati, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlari aniq loyihalarni amalga oşirişlari lozimligi qayd etildi.
Şu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga har bir vazirlik va idora bilan birgalikda bir oy muddatda 2020 yil mahalliylaştiriş dasturiga kiritilgan loyihalar böyiça tarmoq jadvallarini tasdiqlaş vazifasi yuklatildi.
Davlat rahbari loyihalarni amalga oşirişda asosiy e'tibor mahsulotning raqobatbardoşligi va iqtisodiy samaradorligiga, tannarxini kamaytirişga qaratilişi kerakligini ta'kidladi.
«Özstandart» agentligiga tadbirkorlik sub'yektlariga import örnini bosuvçi sanoat mahsulotlari işlab çiqarişni özlaştirişda standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaş böyiça amaliy yordam körsatiş belgilandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlariga mahalliylaştiriş dasturi doirasidagi loyihalarning öz vaqtida amalga oşirilişi böyiça şaxsiy nazorat örnatiş topşiriği berildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga joylardagi mas'ullar bilan birgalikda Respublika sanoat yarmarkasi doirasida tuzilgan şartnomalar ijrosini töliq va öz vaqtida ta'minlaş çoralarini köriş vazifasi qöyildi.
Videoselektor yiğilişida mutasaddi rahbarlarning hisoboti eşitildi, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.












