Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jahon banki guruhi dunyo miqyosidagi yetakçi moliyaviy institut bölib, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi dasturini amalga oşirişda strategik şerikdir.

Bank ekspertlari Özbekistonda qişloq va suv xöjaligi, geologiya, bank-moliya va soliq, ta'lim sohalarida modernizatsiya işlarini samarali amalga oşirişga doir takliflarni işlab çiqişda, investitsiya va işbilarmonlik muhitini takomillaştiriş hamda boşqa ustuvor yönalişlarda faol iştirok etmoqda.  

Bugungi kunda Jahon banki tomonidan Özbekistonda amalga oşirilgan va davom ettirilayotgan loyihalarning qiymati 5,5 milliard dollarni taşkil etadi.

Ötgan yili uşbu global moliyaviy institut umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bölgan yangi istiqbolli loyihalarni ma'qulladi. Navoiy viloyatida quyoş elektr stansiyasini quriş böyiça kimoşdi savdosi, şuningdek, Vaşington şahrida "Mamlakat platformasi" taqdimoti muvaffaqiyatli ötkazildi.

Davlat rahbari bularning barçasi Özbekiston va Jahon banki örtasidagi yaqin hamkorlik, oçiq va konstruktiv muloqot natijasida erişilganini alohida ta'kidladi.

Öz navbatida, Siril Myuller Jahon banki guruhi prezidenti Devid Melpassning samimiy salomini yetkazib, taşkilot Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar dasturini töliq qöllab-quvvatlaşini yana bir bor qayd etdi.

Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.

Muhim tarmoqlarda, jumladan, qişloq xöjaligi, energetika, neft-gaz tarmoği, transport va boşqa sohalarda islohotlarni davom ettirişga kömakni kengaytiriş hamda qaşşoqlikka qarşi kuraşiş borasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Özbekiston va Jahon banki örtasidagi şeriklik böyiça yangi uzoq muddatli strategiyani işlab çiqişga kelişib olindi.