Unga köra, yangi saylangan deputat va senatorlarga guvohnomalar 19 yanvar kuni topşiriladi. 20 yanvarda esa Qonunçilik palatasi va Senatning ilk majlislari bölib ötadi va bu yiğilişlarda Prezident har ikki palata vakillari oldida alohida-alohida çiqiş qiladi.

21 yanvarda esa parlament palatalarining qöşma majlisi ötkazilib, unda Şavkat Mirziyoyev ma'ruza qilişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, kelayotgan haftada davlat rahbari Oliy Majlisga murojaatnoma yöllaydi. 2020 yil nomi ham e'lon qilinişi kutilayotgan majlis sanasi hozirça noma'lum.

Boşqa bir manba xabariga köra, prezident murojaatnomasi munosabati bilan ötkaziladigan yiğiliş «Tashkent city» hududidagi Xalqaro kongress-hollda bölişi mumkin.