Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining saylovdan keyingi birinçi majlisi bölib ötmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda.
«Men nima uçun vazirliklar, köp-köp joylarga yoşlarni qöyyapman. Köp odamlarga yoqmaydi, menga yoqadi. Biz hammamiz keçagi zamonmiz, biz vaqtinça odamlarmiz, bizning zamonimiz boşqa. Hozir yoş vazirlarni qaranglar, törtta tilni biladi, raqobatbardoş, gaplaşişi ham dadil. Biz qörquv zamonida yaşaganmiz, ana şu asorati bizda qolgan. U oğir asorat, u asoratdan çiqiş uçun yangi odam paydo bölişi kerak, yangi jamiyat paydo bölişi kerak. Biz şu jamiyatni paydo qildirişimiz kerak.
Mana, ertaga qöşma majlisda boş vazirni saylaymiz, vazirlarni tavsiya qilamiz. Juda qiyin, qani endi yoşlar tayyor bölganda. Nima uçun «umidçilar»ni olib kelyapman, boşqani olib kelyapman? Tanlaşga. Fidoyi odam bölsa, qança bölsa şunça oylik berişga tayyorman. Millatparvar, xalqparvar bölsa, qolganini men öşa... çetda öqigan bölsa, millatparvar, xalqparvar bölsa, hamma narsaga tayyorman. Lekin bir narsani aytaman: köpi qaytib kelib, işlaşga rozi emas. Şuni ham bilişimiz kerak. Bu ham bizga saboq», - dedi davlat rahbari.












