14 yanvar kuni Kun.uz saytida “Majburiy ijro byurosining qonuni qaçon qabul qilinadi? Prezidentning bu boradagi ikki topşiriği ijrosiz qolmoqda” nomli maqola e'lon qilingan edi.
Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi uşbu maqolaga rasmiy munosabat bildirdi:
«Majburiy ijro byurosi organlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş yölida muhim qadamlardan biri böldi. Uşbu qaror bilan faoliyat samaradorligini oşirişda ança yangiliklar qabul qilindi. Bu bir tomondan MIB faoliyatini şaffofligini yanada oşirib, işdagi soddalaştiriş tartiblari tatbiq etilişi bilan birga aholi uçun qulayliklar ham yaratildi.
Davlatimiz rahbari Ş.M.Mirziyoyev joriy yilning 12 mart kuni tasdiqlagan “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4236-sonli Qarorning 9-bandida Özbekiston Respublikasining Ijro işini yuritiş töğrisidagi kodeksi loyihasini işlab çiqiş va belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga kiritiş belgilangan edi.
Uşbu Kodeks bugungi kunda MIB tomonidan işlab çiqilgan bölib, uning qonunçiligimizdagi yangi kodeks sifatida qabul qilinişi kutilmoqda. Biroq, buning öziga xos murakkab tomonlarini ham unutmasligimiz kerak.
Kodeks loyihasida ijro sohasidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy qoidalari, mazkur sohadagi asosiy huquqiy institutlar va ijro jarayoni tartibga solingan, majburiy ijro etiş usullari yetakçi xorijiy tajriba asosida takomillaştirildi.
Ayni paytda sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişga doir masalalar «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solib kelinmoqda hamda uşbu qonun, oxirgi 3 yilda unga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarni inobatga olgan holda, bugungi kun talablariga töliq mos keladi. Uşbu qonunning 83 ta moddasi yoki qariyb 80 foizi özgartirilgan», deyiladi Majburiy ijro byurosining munosabatida.
Rasmiy munosabatning töliq matni bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin.











