Özbekistonda sönggi yillarda mahalliy deputatlik kengaşlarini kuçaytirişga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Masalan, hokim va hokim örinbosarlari, prokuratura, adliya, içki işlar, moliya, soliq va soğliqni saqlaş idoralari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qöyildi.

Ammo, prezident Şavkat Mirziyoyevning ta'kidiça, mahalliy kengaşlar hududlardagi muammolarga yeçim topişda öz vakolatlaridan deyarli foydalanmayapti.

«Qonunçilikda mahalliy kengaşlarga keng vakolatlar berilgan bölsa-da, amalda ularning natijasi körinmayapti, sezilmayapti. Qonunni bilmaganimiz uçun joylarda ötirgan mahalliy kengaş raislari – hokimlar buni tuşunmayapti. Tuşuntirmayapti. Öz ustida işlamayapti», – dedi Şavkat Mirziyoyev Senatning ilk yalpi majlisidagi ma'ruzasida.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, davlat rahbari hokimlarning mahalliy kengaş raisi maqomini bekor qiliş masalasiga ham töxtalib ötgan.

Lekin hozir hokimlar bundan foydalana olmayapti. Nimaga desangiz, hokim öz ustida işlab, mahalliy kengaşni işlata olişi, şu mahalliy kengaş orqali ijro organi vakillarini nazorat qila olişi kerak. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbarini sörasa böladimi? Xalq ta'limi bölimi mudirini-çi? Yöl sohasi kattasini sörasa böladimi-yöqmi? Qani mahalliy kengaşlar sörab, deputatlarni gapi bilan 2-3tasini işga olib, korrupsiya qilgan yöllarini buzdirib, prokuratura orqali joyiga qöydirib, namuna körsatsa...» – dedi Mirziyoyev.

Prezident yaqin-yaqingaça Toşkent şahri tumanlarida deputatlik kengaşlari bölmaganini yodga oldi.

«Mana, bir paytlar Toşkent şahrida mahalliy kengaşlar yöq edi. Faqat şahar kengaşi bor edi, tuman kengaşlari yöq edi. Men kelganimdan keyin buni darrov özgartirdim.

Men özim Mirzo Uluğbek tumanida işlaganman. U yerda kengaş bölmasa, ijro organini – soğliqni saqlaş boşqarmasi, xalq ta'limi bölimi, içki işlar, kerak bölsa prokuratura kabilarni kim nazorat qiladi?

Şaharga saylangan 6 senator tumanni nazorat qila oladimi? Heç qaçon. Nima uçun bunday qilingan? Odamlarni ongli ravişda savodsiz qilib, özgarişlarga befarq qiliş qilingan. Tumanda kengaş bölmasa, ijro organini qanday qilib nazorat qiliş mumkin? Usiz mutlaqo nazorat qilib bölmaydi.

Töğri, bu qiyin masala. Lekin bugun hal qilmasak, ertaga keç böladi. Ijro organini endi qamçi bilan işlatib bölmaydi. Faqat qonun ustuvorligi bilan, adolat bilan, vatanparvarlik bilan işlatişni örganişimiz kerak», – deya ta'kidladi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyev doimiy asosda işlaydigan senatorlarni mahalliy kengaşlarga biriktiriş kerakligini aytib ötdi.