Vetnam – Osiyo janubi-şarqidagi eng yaxşi turistik yönalişlardan biri. Birgina 2019 yilning birinçi çoragida poytaxt Xanoyga 7,5 milliondan ortiq sayyoh kelgan. Mamlakat diqqatga sazovor manzillari, betakror madaniyati va mazali taomlari bilan sayyohlarni öziga jalb etadi.
Vetnamga borganimda ajoyib restoranga kirib qolgandim. E'tiborlisi şundaki, u oddiy tamaddixona emas, balki ijtimoiy kompaniya ekan.

Avvalo, ijtimoy korxona (social enterprise) nimaligiga izoh bersam. Egasiga daromad keltiriş uçun emas, balki qandaydir ijtimoiy muammoni hal etiş yoki jamiyatga foyda keltiriş yölida faoliyat olib boruvçi korxona ijtimoiy korxona deyiladi.
Men hikoya qilmoqçi bölgan KOTO (Know One, Teach One) restoranlar tarmoği – Vetnamdagi birinçi ijtimoiy kompaniya hisoblanadi. Kompaniya nomi özbekçaga tarjima qilganda «Birni biliş va uni boşqalarga örgatiş» degani ma'noni anglatadi.

Restoran 1999 yilda, öşa vaqtlari oddiy gid sifatida işlagan Jimmi Fam tomonidan oçilgan. Restoranning paydo böliş tarixi quyidagiça: Jimmi Xanoyda avstraliyalik mehmonlarga tarjimon bölib yurgan kezlarida bir guruh uysiz bolalarga töqnaş keladi. «Hayotda öz yölimizni topib ketişimiz uçun qölimizda biror-bir hunarimiz bölsa kifoya edi», – deyişadi bolalar Jimmi bilan suhbatda.
«Men nima qiliş kerakligini bilmasdim, lekin nimadir qilişimni sezardim», deydi restoran asosçisi öz intervyularidan birida. Şu tariqa, KOTO sendviç tayyorlovçi kiçik dökon sifatida 1999 yildan iş boşlagan.

Bu yerda kam ta'minlangan oilalarda yaşovçi va hayoti xavf ostida bölgan 16 yoşdan 22 yoşgaça bölgan yoşlar faoliyat olib boradi. Restoran ularni iş örnidan taşqari, bepul boşpana bilan ham ta'minlab, ularga oşpazlikning eng zarur sir-asrorlarini örgatadi.
Tayyorlov kursi ikki yil davom etadi. Yakunda yoşlar mehnat qiliş uçun tayyor kadr bölib yetişişadi. KOTOning köplab öquvçilari hozirda Vetnamning nufuzli mehmonxona, restoran, kafe va köngiloçar maskanlarida işlaşmoqda. Ular orasida öz biznesini boşlaganlari ham bor.


Xanoydagi KOTO restorani menejyeri Nguyenning aytişiça, oçilganiga 20 yildan oşgan kurs bitiruvçilari 700 nafardan ortiqni taşkil etadi.
«KOTO – madaniy-trening restoran bölib, bu yerda Vetnam böylab kam ta'minlangan öquvçilarga malaka oşiriş kurslari taqdim etiladi. Ular yetim farzandlar yoki maktab, universitetlarda öqişini davom ettirişga imkoni yöq yoşlar bölişi mumkin. Biz ularga iş va ikki yillik trening kurslarini taklif qilamiz.
Hozir qariyb 200ga yaqin öquvçimiz bor. Ikki yil içida ular Avstraliyaning maxsus sertifikatiga ega bölişadi va 4-5 yulduzli mehmonxonalarda işlaşlari mumkin», – deydi Nguyen.

KOTO restoranida biz buyurgan taomlarning barçasi juda ham mazali edi. Şunga yaraşa, ularning narxi ham arzon emas. Lekin narx restoranda körsatilayotgan xizmat darajasining sifati va taomlar ta'mi bilan özini oqlaydi.


Qolaversa, siz bu yerda qandaydir brend fast-fud kompaniyasi yoki taniqli brend uçun emas, balki oddiy, yordamga muhtoj yoş yigit-qizlarning mehnati uçun haq tölaysiz. Şu sababli, restorandan tun-u kun mehmon arimaydi.
Aytişlariça, bu yerga nafaqat oddiy sayyohlar, balki dunyoning nufuzli şaxslari ham kelib turişadi. Masalan, AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton va Daniya malikasi Margret II ham KOTO mehmoni bölgan.

Mobodo Vetnamning Xanoy yoki Xo Şi Min şaharlariga yölingiz tuşsa, siz ham KOTO restoraniga kirib öting!
Feruza Avazova,
Kun.uz muxbiri.

















