Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni soat 11:00 da Oliy Majlisning Senati va Qonunçilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etadi.
Ma'lumki, 2019 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengaşlar deputatligiga saylov bölib ötdi. Bu muhim siyosiy tadbir mamlakatimiz tarixida ilk bor qabul qilingan Saylov kodeksi asosida, «Yangi Özbekiston – yangi saylovlar» şiori ostida ötdi.
Saylov natijalariga köra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 150 nafar deputati va Senatining 97 nafar a'zosini röyxatga oldi, jumladan, Prezidentning 2020 yil 17 yanvardagi farmoni bilan Senat a'zolarining 13 nafari tayinlandi. Şu tariqa, mamlakatimiz qonun çiqaruvçi hokimiyatining yangi tarkibi şakllandi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi ana şu yangi parlamentga taqdim etiladi.
Uşbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bölib ötadi. Unda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, şahar va viloyatlardagi mahalliy Kengaşlarga saylangan xalq noiblari, şuningdek, ijro hokimiyati va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat taşkilotlar va jamoatçilik vakillari iştirok etadi.
Özbekiston taraqqiyotining eng muhim ustuvor vazifalari töğrisidagi yillik murojaatnomani MTRKning 4ta teleradiokanali, 5ta telekanali hamda 12ta hududiy teleradiokompaniya, şuningdek, 5ta nodavlat telekanal hamda prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, internetdagi tegişli saytlar orqali töğridan-töğri tomoşa qiliş mumkin.
Aholining barça qatlamlarini qamrab oliş maqsadida murojaatnoma surdo tarjima bilan, şuningdek, rusça tarjima va inglizça tarjimasi bilan efirga uzatiladi.












