Bugun, 22 yanvar kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidan Qaşqadaryo viloyatiga ötuvçi xalqaro ahamiyatga ega M-39 «Olmaota–Toşkent–Termiz» avtomobil yölining Taxtiqoraça dovonidan ötgan qismida harakat yana vaqtinça töxtatildi.
Bu haqda Samarqand viloyat IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Boşqarmaga köra, yölning Taxtiqoraça dovonidan ötgan qismida qalin qor yoğib, yölning qatnov qismida muzlama hosil bölgan. Qor qalinligi 15-20 sm.ni taşkil etmoqda.

Şu sababli Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining 2020 yil 22 yanvardagi xatini inobatga olgan holda avtotransport vositalarining harakatlanişi töxtatildi.
Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan ayni vaqtda yölni qordan tozalaş uçun avtogreyderlar, qum sepiş uçun 4 ta«MAN» yuk avtomobillari, Samarqand yöllardan muntazam foydalaniş unitar korxonasidan işçilar, viloyat IIB YHXBdan 8 nafar xodim va 4ta patrul avtomaşinasi, viloyat FVBdan ham xodimlar va avtotransport vositalari jalb etilgan.












