Rossiya Davlat dumasi konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi prezident qonuni loyihasini birinçi öqişda ma'qulladi. Bu haqda 23 yanvar, payşanba kuni RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Vyaçeslav Volodin sözlariga köra, hujjat 11 fevral kuni ikkinçi öqişda körib çiqilişi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 yanvar kuni parlamentariylarga qonun loyihasini körib çiqiş uçun taqdim etdi. Davlat rahbari asosiy qonunning 22 moddasiga özgartiriş kiritişni taklif qilmoqda, birinçi va ikkinçi boblarning qoidalari özgarişsiz qoladi.
Rossiya prezidenti 15 yanvar kuni Federal yiğinga yöllagan murojaatida konstitutsiyaviy özgarişlar haqida e'lon qildi. U amaldagi konstitutsiyani almaştiriş masalasi yöqligini ta'kidladi. Bundan taşqari, barça taşabbuslar umumxalq ovoz berişga qöyiladi. Xususan, ehtimoliy özgarişlar orasida - Davlat dumasining vakolatlarini kengaytiriş, Rossiya qonunçiligining xalqaro huquqdan ustunligi. Şuningdek, Putin prezidentlikka nomzodlarga boşqa davlat fuqaroligiga ega bölişni taqiqlab qöyişni taklif qildi.












