Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta'minlaş va korrupsiyaga qarşi qat'iy kuraşiş böyiça muhim takliflarni ilgari surib, islohotlar samarasi köp jihatdan 4ta muhim omilga - qonun ustuvorligini ta'minlaş, korrupsiyaga qarşi qat'iy kuraşiş, institutsional salohiyatni yuksaltiriş va kuçli demokratik institutlarni şakllantirişga boğliqligini ta'kidladi. Prezident nutqida içki işlar organlari idoralari faoliyati tanqid qilindi.
«Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş sohasidagi islohotlarni yangi bosqiçga kötariş zarur. Biz içki işlar idoralari faoliyatini takomillaştiriş böyiça jiddiy islohotlarni amalga oşirmoqdamiz.
Biroq, oçiq tan oliş kerak, uşbu idoralar hali xalqçil tuzilmaga, fuqarolarning çinakam himoyaçisiga aylangani yöq. Tizimda jamoat tartibini saqlaş, jinoyatlarga qarşi kuraşiş va davlat xizmatlarini körsatiş faoliyatiga doir aniq mezonlar belgilanmagan.
Şu sababli, islohotlarni davom ettirib, içki işlar idoralarini, odamlarimiz oğirini yengil qiladigan tuzilmaga aylantiriş zarurligini yana bir bor takrorlaş örinli deb bilaman. Bu masala yangi parlament, xususan, Senat oldidagi beş yillik vazifa bölib, buning uçun barça taşkiliy-huquqiy asoslarni yaratiş va amaliy çoralar köriş lozim.
Içki işlar organlari uçun barça darajadagi rahbarlarning malakasini oşiriş va maqsadli tayyorlaş tizimini taşkil etiş zarur», dedi prezident.

















