Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida transport-logistika sohasiga ham töxtalib ötdi.

«Mahsulotlarimizni taşqi va içki bozorlarga yetkaziş, ularning tannarxini tuşiriş uçun eng katta masala – transport-logistika sohasini rivojlantirişimiz zarur. Temiryöl sohasida yölovçi va yuk taşiş, ekspluatatsiya va xizmat körsatişni bir-biridan ajratiladi.

Bu nima degani? Tabiiy monopoliya qismini alohida, xususiy sektorni jalb qiliş mumkin bölgan yönalişlarni alohida rivojlantirişimiz lozim», – dedi prezident.

Davlat rahbarining qayd etişiça, xalqaro ekspertlar mavjud infratuzilmani yaxşilaş, moslaşuvçan tariflar qöllaş va yangi istiqbolli yönalişlarni şakllantiriş orqali Özbekistonda tranzit salohiyatini 7 mln tonnadan 16 mln tonnaga yetkaziş imkoniyati borligi haqida xulosa berişgan.

«Biz bir paytlari Özbekiston çegaralarini 20 yil yopib oldik. [Natijada] biz orqali ötadigan tranzit yöllari boşqa davlatlarga ötib ketdi.

Lekin mana ekspertlarni taklif qildik. Hozir Özbekistondan 7 mln tonna yuk ötyapti. Imkoniyatlarimiz 16 mln tonnagaça yukni tranzit qilişga yetadi. Tasavvur qilinglar, 16 mln tonna yukning tranzit puli Özbekistonda qoladi. Kim buni öylaydi? Qani Transport vazirligi? Qani Boş vazirning birinçi örinbosari? Hammamiz uxlab ötiribmiz.

Bir paytlari hamma narsani yopib olganimiz uçun tranzit yönalişlarini boy berdik. Natijada bu yönalişlarni boşqa davlatlar osongina özlaştirib olişdi. Endi bu yönalişlarni qaytariş kerak. Bu azob. Nima qiliş kerak qaytariş uçun? Tannarxni, tarifni kamaytiriş kerak, şaroit yaratiş kerak, şularni temiryöl sohasining, havo yöllarining kattakonlari örganişi kerak», – deb ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Ma'lumot uçun, milliy taşuvçining 1 tn buğdoyni «Sarioğoç»( Qoğoziston) stansiyasidan «Xayraton» (Afğoniston) stansiyasiga (jami 750 km) taşiş xizmati 53 dollarni taşkil etsa, Qozoğiston taşuvçisining şu kabi boşqa marşruti «Bölaşak» (Qozoğiston) – «Akina» (Afğoniston) (jami 1200 km) 34 dollarni taşkil etadi.