AQŞ davlat departamenti yangi turdagi koronavirus sababli Xitoydagi xodimlarini çaqirtirib oldi va xavflilikning qizil darajasini joriy qildi. Bu haqda davlat departamenti matbuot xizmati ma'lum qilgan. 

Favqulodda xizmatlar bilan boğlanmagan xodimlar hamda ularning oila a'zolari ortga çaqirtirib olingan.

“AQŞ hukumati Xubey provinsiyasida AQŞ fuqarolariga tezkor yordam berişda çeklangan imkoniyatlarga ega”, deb ogohlantirilgan xabarda.

Davlat departamenti şuningdek amerikaliklarga Xitoyga bormaslikni tavsiya qilgan va xavflilikning törtinçi – qizil darajasini kiritgan. Xitoyga borişi muhim bölganlarga esa qöllarni tez-tez, 20 soniyadan kam bölmagan vaqt davomida sovun bilan yuviş, odamlar bilan aloqadan qoçiş, jonzotlardan olinadigan mahsulotlarni (göşt, baliq, dengiz mahsulotlari, sut, sut mahsulotlari, tuxum va şu kabi) iste'mol qilmaslik tavsiya qilingan.