Jahondagi eng yirik hunarmandçilik festivali — «Surajkund Mela» 34-marta Hindistonning Haryana ştatida bu yil 1–16 fevral kunlari bölib ötadi. Unda jahonning 60 mamlakatidan milliondan ortiq mehmonlar iştirok etadi.

Haryana ştati turizm vazirligi taşabbusi bilan Hindiston turizm, madaniyat, tekstil va taşqi işlar vazirliklari kömagida har yili ötkaziladigan «Surajkund Mela» festivali — pavilonlarga ega stillaştirilgan yarmarka bölib, jahon xalqlarning amaliy san'ati namoyiş etiladi. Har yili Hindiston ştatlaridan biri festival mavzusi sifati tanlab olinadi, xorijiy mamlakatlardan biri esa — şerik-davlat böladi.

Bu yil festivalda Özbekiston şerik-davlat qilib tanlab olingan. Şerik davlatga festival amaliy hunarmadçilik, milliy san'atdagi yutuqlar, folklor va turistik jozibadorlikni keng namoyiş etiş imkoniyati yaratiladi.

Mazkur festivalda Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan 60dan ziyod amaliy san'at ustalari, musiqaçilar, madaniyat vakillari, milliy taom oşpazlari iştirok etiş kutilmoqda.

Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» assotsiatsiyasi va boşqa taşkilotlar pavilonlarni taşkil etiş bilan şuğullanadi.

Festival doirasida özbek xalqining madaniy merosiga bağişlangan bir qator tadbirlar, jumladan, «Özbek madaniyati kuni», «Özbekiston milliy oşxonasi kuni» tadbirlari, maşhur hind dizayneri va Özbekistonning Hindistondagi madaniyat elçisi Rita Berining «Ferghana Fantasy» kolleksiyasi namoyişi, Özbekiston san'at ustalarining çiqişlari bölib ötadi.