Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöydi.

Mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Karimov mustaqil Özbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning e'tibori va tegişli qarori bilan uning xotirasi abadiylaştirildi, hurmati joyiga qöyildi. Birinçi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nişonlaş ezgu an'anaga aylandi. 

«Bu sanani munosib ötkaziş bizning öz tariximizga, mustaqilligimizga bölgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va saviyamizni namoyon etadi» degan edi davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev. 

Qur'oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Gul qöyiş marosimida Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a'zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, şahar jamoatçiligi iştirok etdi.

Birinçi Prezidentimizning Samarqand va Qarşi şaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qöyildi.