Navbatdagi murojaat ortidan Farğona viloyati Quva tumanida böldik. Aholi mavjud muammo yuzasidan tuman va viloyat hokimligi, köplab mas'ul idoralarga arizalar yozgan, biroq ijobiy özgariş bölmagan.

«Laylak uya» qişloğidagi «Iftixor» mahallasidamiz. Odamlar Andijon-Farğona trassa yöli böyidagi ziç uylar örtasiga avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi, oddiy qilib aytganda «metan-zapravka» qurilayotganidan norozi. Quriliş ötgan yilning oktyabrida boşlangan. 4 oydan beri «zapravka»ga qöşni bölib yaşaydigan xonadon vakillarining arz qilmagan joylari qolmabdi.

Ularning talabi aniq – odamlarning soğligi va hayotiga xavf tuğdiruvçi şoxobça qurilişi töxtatilişi kerak. Aholi tomonidan yuborilgan murojaatlarga mutasaddi taşkilotlar – Farğona viloyati hokimligi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi Farğona hududiy boşqarmasi, «Özneftgazinspeksiya» Farğona viloyati hududiy bölimi, Farğona viloyati Yonğin xavfsizligi Boş boşqarmasi, Quva tuman hokimligi, Quva tuman prokuraturasi va boşqa ma'sul idoralar tomonidan berilgan javoblarda «Metan Omad Savdo» MÇJ tomonidan  quriliş işlari huquqiy hujjatlarsiz olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Murojaatçilarga Quva tuman hokimi R.Qurbonov imzosi bilan 25 noyabr kuni jönatilgan javob xatida esa, «Metan Omad Savdo» jamiyatiga metan gaz quyiş şoxobçasi qurilişini töxtatib turiş va 6200 kv.m. yer maydonidagi özboşimçalik bilan qurilgan bino-inşootlarni majburiy tarzda buzdirişi haqida sudga da'vo arizasi kiritilgani böyiça ma'lumot berilgan.

Biroq hududda «Metan Omad Savdo» jamiyati tomonidan quriliş işlari davom etmoqda.

Aholi vakillari nima deydi?

Iftixor mahallasida bizni kutib olgan odamlar 4 oydan beri davom etayotgan qoğozbozlik haqida arz qilişdi.

«Katta muammoda qoldik. Bizning uylarimizga bir devor qöşni bölib, metan gaz «zapravka»si tuşyapti. Bundan Prezidentimizga, Boş prokurorga, vazirliklarga murojaat qildik.

Mutasaddi taşkilotlarning javobiga köra, şoxobça bu yerga qurilmasligi kerak. Yonğin xavfsizligi taşkiloti, «San stansiya» örgandi. Aholida tabiiy gaz yöq. Oçiq olovdan foydalanadi. Tandir, öçoq yoqamiz. «Özneftgazinspeksiya», Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi, Yonğin xavfsizligi, tuman hokimligidan xulosalar keldi. Lekin quriliş davom etyapti.

Me'yoriy hujjatlarga köra, metan «zapravka»ning kompressori va aholi yaşaydigan joyning oraliği 50 metr masofada bölişi kerak ekan. Buni qarangki, biz bilan zapravkaning narigi tarafida turadigan qöşnimiz örtasidagi oraliq masofaning umumiy masofasi 53 metr xolos. Akkumlyator bloklari esa 150 metr masofaga kömilişi körsatilgan. «Metan Omad Savdo»ga tegişli joyning uzunligi 116 metr, eni 53 metr.

Tuman hokimligi va prokuratura birinçi murojaatimizdan söng, «Quriliş özboşimçalik bilan boşlangan. Buzilişi kerak. Agar öz vaqtida buzilmasa, sudga beriladi», degan xatlar kelgandi. Biz ijrosini kutdik.

Söng hokimiyatga borsak, mas'ullar: «Quriliş qilayotgan taşkilotni iqtisodiy sudga beriş uçun 2 million söm pul kerak. Bizda mablağ yöq», deyişdi. Özimiz «Metan Omad Savdo»ni sudga beriş uçun advokat yollab, hokimiyat huquqşunosidan yiğilgan hujjatlarni sörasak, berişmadi.

Eşitişimizça, şoxobçani quriş uçun hokim qarori çiqibdi ekan. Quriliş işlari ketayotganidan xavotirdamiz», deydi Iftixor MFY 110-uyda yaşovçi Nargiza Şokirova.

114-uyda yaşovçi Diloromxon Azimovaning kasbi şifokor ekan.

«Mahallamizda metan gaz şoxobçasi qurilişi boşlanganida köçalarni aylanib, odamlarga «zapravka»ning aholi turar joyi yaqiniga qurilişi xavfli ekanini tuşuntirdik. Hamma arizaga qöl qöyib berdi. Mahalla oqsoqoli ham biz tarafimizda böldi.

Keyin quriliş qilayotganlar mahalla ahliga, «uyingizga tabiiy gaz ötkazib beramiz, elektr ham öçmaydigan böladi», deb va'dalar berişibdi. Ular  fikridan qaytdi. Çunki boşqalar «zapravka» bilan bir devor qöşni emas-da! Lekin biz özimizni, bolalarimizning soğligini öylayapmiz. Metan gaz axir toksin-ku? Gaz soğliqqa zarar. Birinçi navbatda odamlarning soğligi kerak emasmi? Yonişi va portlaş xavfi yuqori.

Mayli, bu joyning egalari bu yerga işlab çiqariş korxonasi, boğça qursin. Lekin odam soğligiga zarar keltiradigan narsa qurmasin. Prezidentimizning «oddiy xalqni rozi qiliş kerak», degan gaplarini har kuni eşityapmiz. Hokimiyat huquqşunosining özi qonun himoyaçisi böla turib, qonun buzilişiga loqaydlik qilayotganiga hayron qoldik», deydi u.

112-uyda yaşovçi Gulnora Jörayeva esa bizga tuman hokimligiga arz qilib borilganidan söng, hokimiyat barça mutasaddi taşkilotlardan hujjatlar yiqqanini, lekin işni paysalga solayotganini aytdi.

«Özimiz sudga beriş uçun hujjatlarni söraganimizda berişmadi. Axir maşinada ketayotib, «zapravka»ga kirganimizda bizni taşqarida tuşib qolişga majbur qilişadi. Çunki zararli. Nega endi bizning yonimizga qurişyapti», deydi u.

Metan gaz quyiş şoxobçasi qurilişi bölayotgan joyga yon qöşni bölgan Zamira ona Turdiyeva, Gulnora ona Jörayeva, Dilbaroy Qodirovalar ham muammoli holat yuzasidan öz arzlarini aytişdi.

Nargiza Şokirova turli idoralarga yozilgan murojaatlarga javob tariqasida kelgan dasta-dasta xatlarni körsatdi. Fuqarolar tadbirkorlik yoki boşqa işlab çiqariş korxonasi qurilişiga heç ham qarşi emasliklarini bildirişdi va aholi uçun xavfli bölgan obektning qurilişi tezroq töxtatilişi kerakligini ta'kidlaşdi.

Devor ortida esa quriliş avj pallasiga çiqib davom etardi. Quva tuman hokimligi «Metan Omad Savdo» jamiyatiga qurilişni töxtatiş haqidagi ogohlantiriş xati yuborgan, lekin xati ularga ta'sir ham qilmabdi. U yerga kirganimizda jamiyat mutasaddilaridan heç kim yöq va faqat quruvçilar bor edi.

Quva tuman hokimligi nima deydi?

Töplanib qolgan savollarga javob topiş uçun Quva tuman hokimligiga bordik. Hokimlikning quriliş bölimi boş mutaxassisi Solijon Ahmadjonov Iftixor mahallasidagi muammoli holatdan yaxşi xabardor ekanligini aytdi.

«Tuman hokimligiga «Metan Omad Savdo» MÇJ vakillari tadbirkorlik sub'yekti sifatida metan gaz quyiş şoxobçasi quriş uçun murojaat qilgan. Lekin obekt uçinçi toifali bölgani uçun quriliş bölimi tomonidan «otkaz» berilgan. «Metan Omad Savdo» MÇJ tegişli taşkilotlardan ruxsat olmagunga qadar «zapravka» qurişi mumkin emas.

Solijon Ahmadjonov, Quva tuman hokimligi quriliş bölimi boş mutaxassisi

Tuman hokimining avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi quriş töğrisida qarori çiqqani yöq. Ayni paytda quriliş işlari töxtagan», deydi Solijon Ahmadjonov.

Mutasaddi bizning yonimizda «Metan Omad Savdo» qurilişini yuritayotgan mas'ul bilan qönğiroqlaşdi. Biz S.Ahmadjonovga, «Sörab bering, öşa mas'ulning biz bilan suhbatlaşişga imkoni bormikan?» dedik. Hokimiyat vakili «Metan Omad Savdo» xodimining «Uzoqda, Farğona şahridaman», deganini aytdi.

Tuman arxitektori Şukurjon Nizomiddinov aholi vakillari murojaati böyiça masalani örganganini bildirib, quyidagiça izoh berdi:

«SanPin (Sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan qabul qilingan me'yorlar va normalar)ga asosan, bir sutkada 500tagaça avtomobilga xizmat körsatişga möljallangan kompressor şoxobçalari uçun sanitariya himoya mintaqasi aholi punktidan 50 metr uzoqlikda bölişi belgilangan.

Iftixor mahallasida qurilayotgan «Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi» bu me'yorga töğri kelmayapti. «Metan Omad Savdo» MÇJga tegişli taşkilotlardan ruxsatnoma olguniga qadar «zapravka» qurilişini töxatişi haqida ogohlantiriş berganmiz. Ayni paytda quriliş işlari amalga oşirilayotgani yöq», deydi u.

Şukurjon Nizomiddinov, Quva tumani arxitektori

Har ikkala mutasaddi «Metan Omad Savdo» MÇJ özboşimçalik bilan quriliş boşlaganini tasdiqlab, ayni paytda quriliş işlari töxtatilganini aytdilar. Biroq mutasaddilar tadbirkorlik Yonğin xavfsizligi, DSENM va boşqa mas'ul taşkilotlardan tegişli xulosalarni olib kelsa, qurilişga qarşilik qila olmasliklarini bildirişdi.

Hokimlik vakillari bizga Energetika vazirining birinçi örinbosari J. Mirzamahmudov imzosi bilan tasdiqlangan dislokatsiya hujjatini taqdim qilişdi.  Qöşimça (Dopolneniye) nomli hujjatda 2019-2020 yillar davomida Özbekiston hududiga maqsadli ravişda quriladigan «Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi» röyxati keltirilgan ekan. Uning Farğona viloyati böyiça jadvalida Laylak uya qişloğiga avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasi qurilişi körsatib ötilgan.

Şunisi qiziqki, «Metan Omad Savdo» MÇJga qaraşli yerning umumiy maydoni 6200 kv.m. bölib, ikki qöşni xonadon örtasidagi joyning eniga uzunligi 53 metr. Köça böyidan to oxirigaça esa 100 metr. Öz-özidan bu holatda «zapravka» quriş uçun mas'ul taşkilotlar tegişli xulosani qanday bera olişlari mumkin, degan savol tuğiladi.

Özini «Metan Omad Savdo» MÇJning qurilişda iş yurituvçisiman, deya taniştirgan Temurbek bilan telefon orqali boğlandik. U kişi: «Hujjatlarimiz ham, hokim qarori ham bor, ertaga siz bilan körişamiz», deya va'da berdi. Keyin telefon qilsak, göşakni kötarmay qöydi.

«Iftixor» mahallasidagi murojaatçilar biz borib muammoni örgangan kunimizdan beri «zapravka»da quriliş qizğin ketayotganini suratlarga olib jönatişmoqda. «Zapravka»ning kolonkalari ham bitib qolibdi.

Quva tuman hokimligi vakillari esa quriliş töxtatilganini ta'kidlamoqda...

Biz bu mavzuga yana qaytamiz.

Elmurod Ermatov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi – Ahrorbek Yoqubjonov