https://ok.ru/videoembed/1394822154943

KUN.UZ muxbirlari M41 yölidan ötayotgan çoğda avvaliga diametri 720 mm ekanligi aytiladigan gaz quvuridan kuçli ovozda gaz sizib çiqayotganiga guvoh bölişgan. Keyin yonğin röy bergan.

Xavflilik darajasi yuqori bölgan, uşbu birinçi toifali magistral gaz quvurining muhofaza zonasi gaz quvuri öqidan har ikki tarafga 200 metr etib belgilangan.

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati hodisa yuzasidan izoh berdi.

«Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor şaharçasi yaqinidagi Zirabuloq magistral gaz quvurida bugun 2 fevral kuni soat 16:45larda BGR-TBA Magistral gaz quvurlari 1-4 tarmoqlarining gaz quvuri yorilişi oqibatida yonğin sodir bölgan. Avariya natijasida jarohatlanganlar va qurbonlar yöq.

«Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining Zirabuloq magistral gaz quvurlari boşqarmasi  va Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus işçi guruhlarining tezkor harakatlari natijasida soat 17:15da yonğin bartaraf etildi.

BGR-TBA Magistral gaz quvurlarining 2-3 tarmoqlari orqali gaz transport tizimi uzluksiz işlaşi yölga qöyildi.

Ayni paytda Zirabuloq, Ğallaorol, Muborak va Gazli magistral gaz quvurlari boşqarmalarining maxsus ta'mirlaş brigadalari talafotni bartaraf etiş maqsadida voqea joyida iş olib bormoqda, qisqa muddatlarda magistral gaz quvurlari qayta işga tuşiriladi va barqaror işlaşi ta'minlanadi.

Yonğin kelib çiqiş sabablari örganilmoqda», deyiladi xabarda.