OAV va blogerlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondining Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov fondning taqdimot marosimida nutq sözladi. U dastlab özining avvalgi iş joyi - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)dagi faoliyati töğrisida gapirib, tizim özidan keyingi rahbarlar tomonidan töğri va sifatli davom ettirilişiga umid bildirdi.
 
«Bugungi anjumanimizda sizlar bilan men odatiy davlat idorasi rahbari sifatida emas, balki endilikda jamoat taşkiloti vakili sifatida uçraşib turganimdan bağoyatda xursandman.

Men öz hayotimga nazar taşlasam, uning asosiy qismi bevosita matbuot, jurnalistika va media sohasi bilan boğlangan. Taqdir menga bu sohaning eng quyi böğinidan eng yuqori darajasigaça faoliyat yuritiş imkonini berdi va tabiiyki, menda bugun söz erkinligi va matbuot sohasiga nisbatan öz qaraşlarim, öz fikrim va takliflarim bor.

Yillar davomida taqdir meni matbuot va matbuot bilan boğliq turli sohalarda sinovdan ötkazdi. Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Davr» informatsion dasturining rejissyor yordamçiligidan boşlab, to körsatuv va loyihalar muallifigaça, şu bilan birga turli vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlarida oddiy xodimlikdan to rahbarlikkaça bölgan lavozimlarda işlaşga töğri keldi.

Davlat idoralaridan ketgan paytimda ham boşqa sohalar bilan bir qatorda media sohasiga tegişli turli loyihalarga rahbarlik qildim. Undan keyingi bosqiç, ya'ni Prezident matbuot kotibligidan to bugungi kungaça bölgan faoliyatimdan uşbu zalda ötirgan juda köpçilikning yaxşi xabari bor.

Ötgan davr mobaynida men jurnalistika sohasining barça qirralarini yaxşi örgandim. Jurnalistlar faoliyatiga yöl oçişi mumkin bölgan yoki bölmasa töğanoq bölayotgan barça holatlarni öz közim bilan kördim. Söz erkinligini ta'minlaş retsepti nimalardan iboratligini faoliyatim davomida yaxşi tuşunib yetdim, deya olaman.

Bugun matbuot duç kelayotgan turli muammolar, bosimlar yoki tahdidlarga guvoh bölmoqdaman. Şu bilan birga, davlat idorasi rahbari sifatida qirğoqning narigi tomonidagi vaziyatni ham yaxşi örgandim.

Şunga amin böldimki, jurnalist yoki blogerlar öz vaqtida va sifatli ma'lumot ololmasdan qiynalsa, davlat organi rahbarlari ortiqça gapirib qöyişdan qörqqan yoki matbuotga nisbatan sovuqqonlik bilan faoliyat yuritib kelgan.

Men şuni tuşundimki, oçiqlik, söz erkinligi – bu bir kunlik yoki siyosiy irodaning özi bilangina erişib böladigan jarayon emas. Bu öz-özidan paydo bölib ham qolmaydi.

Agentlikda ötgan rahbarlik faoliyatim davomida jurnalist va blogerlar uçun kerak bölgan barça ekomuhitni yarata oldik va ötgan bir yil davomida agentlik tomonidan matbuotni haqiqiy törtinçi hokimiyat darajasiga olib çiqiş mumkin bölgan tizim yaratildi, deb hisoblayman. Vazirlik va idoralarning matbuotga bölgan qaraşlari ham tubdan özgarib, tan olib aytiş kerakki, amaldorlar matbuot bilan hisoblaşib, iş köradigan böldi.

Endi uşbu jarayon va yaratilgan tizim mendan keyingi rahbarlar tomonidan töğri va sifatli davom ettirilişi juda muhim», dedi Komil Allamjonov.

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

U yangi jamoat fondining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan farqlari haqida ham sözladi.

«Şu örinda bir narsaga izoh bermoqçimiz. Internetda AOKA göyoki Fond kabi bölib qolarkan, hamma funksiyalari Fondga ötib ketyapti yoki bir xil bölib qolyapti degan ayrim fikrlar ham bildirildi.

Şuning uçun sizlarga tuşuntiriş berib ötmoqçimiz. AOKA bilan Fond örtasidagi katta farq bor. Agentlik axborot makonini monitoring va tahlil kilib, davlat organlarining oçiqligini örganib, yagona davlat axborot siyosatini işlab çiqadi, amalga oşiradi, boşqaruvçi sifatida qonun va normalar buzilmasligini kuzatadi va payti bilan takomillaştiradi.

Fond esa axborot sohasida turli loyihalarni işlab çiqadi, hayotga tatbiq etadi, buning uçun pul topadi, jurnalist va blogerlarni öqitadi, malakalarini oşiradi. Şu bilan birga, loyihalarni amalga oşirayotganda, Fond soha qonunlari va normalari real hayotga mosligi yoki mos emasligi yoki yetarli emasligi, kamçiliklarini aniqlaştirib, takomillaştiriş uçun öz tadqiqotlarini olib boradi va özi axborot sohasi iştirokçisi sifatida turli taşabbuslar bilan çiqadi. Ya'ni Fond AOKAga axborot qonunçiligini töğirlaş böyiça hayotiy tekşirilgan taklif bera oladi.

Şuning uçun, AOKAsiz Fondning işi samarali bölolmaydi. Şuningdek, Fond jurnalist va blogerlarning manfaatlarini himoya qilib, birinçi murojaat qiladigan joyi ham AOKA böladi.

AOKA bu – jurnalist va blogerlar uçun yölni oçib beradigan, ularni himoya qiladigan davlat organi bölsa, Fond butun jurnalist va blogerlar ovozlarining, muammolarining yiğindisi, ularning dardini AOKA va boşqa tegişli idoralarga yetkazadigan joy böladi.

Şu izohning özi yetarli deb öylaymiz.

Bizning kelajakdagi maqsad va keyingi bosqiç bu - bizdagi davlat idoralarida egallangan bor bilim va tajriba söz erkinligi amalda joriy etilişiga qaratişdir. Lekin bu ham öz navbatida oson keçmasligi ma'lum», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.