Joriy yilning 5 fevral kuni Yunusobod tumanidagi issiqlik magistral tarmoğida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, buning natijasida Yunusobod tumani 2,3,4,11,13,14,17- mavzelari, A.Temur hamda Şahriston  köçalarida istiqomat qiluvçi iste'molçilar uçun issiq suv va issiqlik energiyasidan vaqtinçalik uziliş kuzatiladi.  

Körsatilgan manzillarda muammoni bartaraf etiş yuzasidan maxsus texnika va mutaxassislar tomonidan iş olib borilmoqda, deyilgan ma'lumotda.

Şuningdek, “Toşissiqquvvati” DUK keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söragan.