Loyihaning navbatdagi bosqiçi Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi ikki yöl qismini qamrab oladi.
Yangi Sergeli köçasida quriliş işlari Çoştepa köçasi bilan kesişmadan SOUEAST servis markazi binosigaça bölgan 1368 metrlik qismda amalga oşiriladi.

Amir Temur şohköçasida esa Ahmad Doniş köçasi bilan kesişmadagi yöl ötkazgiçdan Şahriston köçasi bilan kesişmagaça bölgan 1430 metrlik qismda işlar olib boriladi.

Birinçi bosqiçda quriliş köçalarning markazida, avtobuslar uçun alohida harakat yölaklari taşkil etiladigan joylarda bajariladi. Qatnov qismining qolgan yölaklari oçiq qoladi.
Şunga qaramay, quriliş davrida mazkur hududlarda harakatlanişda vaqtinçalik qiyinçiliklar yuzaga kelişi mumkinligi qayd etilgan. Haydovçilardan safarlarni rejalaştirişda buni inobatga oliş, vaqtinçalik yöl belgilariga rioya qiliş va zarurat bölganda muqobil yönalişlardan foydalaniş söralgan.
Çeklovlarning qaçon bekor qilinişi xabarda körsatilmagan.

















