Özbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga doir kodeks işlab çiqiladi. Bunda, özbek xalqi va xalqaro taşkilotlarning fikr va takliflari, tavsiyalari inobatga olinadi, deb Senat raisi sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

«Endilikda, fuqarolik jamiyati institutlari yuksaklikda böladi. Biz har doim ularning fikrlarini inobatga olamiz, deya olaman. Men bu gaplarni davlat rahbari nomidan aytayapman, desam ham böladi. Çunki, u öz murojaatida şunday fikrni bildirdi. Prezident Jamoatçilik palatasi taşkil etilişini va har bir inson ovozi tinglanişini, davlat xalq manfaatlariga xizmat qilişini aytgan edi. Şu boisdan ham davlat rahbaridan tortib barça darajadagi rahbarlar joylarga çiqib, fuqarolar bilan uçraşmoqda, ularning muammolarini örganmoqda. 

Aytmoqçi bölganim, farmon va qarorlar, yöl xaritalari fuqarolar murojaatlaridan kelib çiqqan holda qabul qilinmoqda. Men Senatning yangi raisi sifatida va'da bera olaman, Senat parlament Quyi palatasi bilan hamkorlikda qat'iy parlament nazoratini örnatadi, maxsus komissiya tuziladi, hokimliklar va boşqa idoralar mehnatga oid qonun talablariga rioya qilinişi böyiça parlamentga hisobot beradi. 

Bundan taşqari, nodavlat notijorat taşkilotlari böyiça fuqarolik jamiyati institutlarining kodeksi işlab çiqiladi. Men şu masalada bir qança elçilar bilan suhbatlaşdim. Ular, bu kodeksda ayrim xalqaro me'yorlar inobatga olinmagani, ba'zi bir holatlar kiritilmagani yuzasidan öz xavotirlarini bildirişdi. 

Şuni ayta olamanki, bu kodeksning loyiha namunasidir. U, albatta, barça xalqaro taşkilotlar, elçixonalarga yuboriladi. Faqatgina ularning tavsiyalari olingandan keyingina uşbu kodeks umumxalq muhokamasiga qöyiladi. Ya'ni, xalq bilan kelişmasdan, xalqaro taşkilotlar fikrlarini inobatga olmasdan bu kodeks qabul qilinmaydi», - dedi Tanzila Norboyeva.