Kun.uz muxbirlari Rossiyadagi vatandoşlar hayotini yoritiş, ular duç kelayotgan qiyinçiliklarga bevosita guvoh böliş uçun xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bölib qaytdi.

Şu asosda tayyorlangan materiallar saytimizda e'lon qilib borilmoqda. Biz muxbirlarimizning bir oydan köproq vaqt davom etgan safari taassurotlari bilan qiziqdik.

«Özbekiston poyezdini nega çegaradan taşqari tranzit bekatlarda ham tekşirişadi?»

Tolib Rahmatov: Poyezd safarida bir narsaga hayron qoldim. Uç kunlik yölning deyarli ikki kuni Qozoğiston hududidan ötadi. Özbekiston temir yöllariga qaraşli tarkib tranzit hududdan ötyapti. Bilişimça, özi odatda tranzit hududdan ötayotgan temir yöl tarkibi, vagonlari Özbekiston hududi hisoblanadi. Biz ruxsat berilgan joyda 10-15 daqiqaga bekatlarda tuşişimiz mumkin, lekin uni tark eta olmaymiz.

Meni nima ajablantirdi? Bojxonadan ötdik. Ikki kun davomida Qozoğiston hududidan yurişimiz davomida har bir bekatda qanaqadir navbatçi çiqib, Özbekiston poyezdi – ya'ni Özbekiston hududida tekşiriş ötkazişi meni ajablantirdi. Hukumatlar kelişuvida bu narsa bor-yöqligidan xabarim yöq, lekin menimça, bunday bölişi kerak emas. Noqonuniy mol olib ötilayotganiga şubha bölsa, ikkita çegarada bojxona punkti bor – ana öşa yerda aniqlaşsin, öşa yerda köradigan çorasini körsin.

«Vatandoşingizning ojizligini körib, içingiz açirkan»

Rahmatillo Isroilov: Yaqinda pasportimni yöqotib qöyib, yangisini olgandim. Qozoğistondan ötib, Rossiya çegarasiga kelganda bu kuzatuvçilarda şubha uyğotdi. Pasportdan boşqa hujjatim yöq edi. Bu soxta pasport degan gumon bilan meni şubha ostidagilar xonasiga olib kirişdi.