Boş konsul Rossiyada öqişdan haydalgan özbek talabalari haqida ota-onalarga murojaat qildi
Özbekistonning Tatariston Respublikasi Qozon şahridagi boş konsuli Faridin Nasriyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Rossiya oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar orasida öqişdan haydalganlari borligini bildirdi.
Uning sözlariga köra, öqişdan haydalgan talabalardan ayrimlarining ota-onalari bundan xabari bölmaydi. Ba'zan esa ota-onalar konsulni oilaviy işga aralaşganlikda ayblagan holatlar ham bölgan.
«Talabalar haqida alohida söz yuritmoqçiman. Bu yerda 3800 talabamiz bor. Ular içida bilimli, öqimişli, intiluvçan talabalar qatori, afsuski, öqimaydiganlari ham uçrab turadi.
Şunday holatlar böladiki, bu haqda men ota-onalarga murojaat qilmoqçi edim. Masalan, bir ota-onaning farzandi universitet yoki institutdan haydalgan, ota-onasidan öqiyapman, deb pul oladi. Ota-onasining xabari yöq. Bundan ehtiyot bölişsin, bor şunday talabalar. Özim bilganlarimning ota-onalariga xabar berdim.
Biroq şunday ota-onalar ham borki, ma'lumot olib, xabar bersang, «Sen aralaşma», deyişadi. Tuşunaman, bu oilaviy narsa. Bizning işimiz – ularni ogohlantiriş, bilgan ma'lumotimizni yetkaziş. Töğri qabul qiliş yoki qilmaslik – har bir ota-onani özining işi.

Xabari bölmagan ayrimlari rahmat aytişadi. Ba'zilari, «Nega sen suriştirding», deb söraşadi.
Biz özbekistonlik talabalar bilan uçraşganimizda, «Sizlarni Özbekiston kutyapti, sizlarda öqiş, bilim olişga şaroitlaringiz köproq va yaxşiroq», deymiz. Nega deganda, ota-onasi bilan birgalikda yaşab, tahsil olayotgan talabalarning ma'lum bir vaqti uy işlariga ketadi. Ukani boğçadan oliş, singilni maktabga olib boriş, ota-onaga yordam beriş kabilar. Bu yerdagi talabalarda bunaqa muammolar yöq. Ular vaqtlarini faqat öqiş bilan ötkazişlari kerak.
Qolaversa, u çet elga öqişga ketgaç, ota-onasi, yaqinlari «Öğlim, xorijda öqiyapti», deb ğururlanib yuradi. Şunday ekan, öqiş kerak, bilim oliş kerak köproq. Yaxşi bir mutaxassis bölib, yaxşi bir iş joyida işlaşi kerak», – dedi Faridin Nasriyev.












