Rossiyaga safarimiz davomida özga yurtga borib, hayotda öz örnini topgan vatandoşlar bilan uçraşişdan taşqari, Rossiyada ijtimoiy muammolarga duç kelgan, yordamga muhtoj bölib qolgan, eri taşlab ketgan yoki özlari farzandlari bilan yolğiz qolgan ayollar bilan ham uçraşdik.

Aslida oilaviy, qarindoş-uruğ örtasidagi mojarolar va kelişmovçiliklarga aralaşmaslik Kun.uz tahririyatining asosiy qoidalaridan biri edi. Biroq, Rossiyada köp yillar bir yostiqqa boş qöygan rafiqasini gödaklari bilan birga taşlab ketganlar borligini eşitib, şundaylarni uçratib, bunday illatni jamoatçilikka körsatişga qaror qildik.

Ilk qahramonimiz G.M asli farğonalik bölib, bir neça yildirki, Rossiyaning Samara oblasti, Sizran şahrida istiqomat qilib kelmoqda. Uning qaramoğida 6 nafar farzand bor. Bugungi kunda uning boşiga jiddiy taşviş tuşgan: vatanga qaytişning çorasini qila olmayapti. Özbekistonga qaytiş uçun hujjatlarni töğrilaşga ham mablağ orttira olmayapti.

Gap şundaki, şu yilning noyabr oyi boşida turmuş örtoği H.M. Farğona viloyatiga qaytgaç, oilasidan ajraşiş fikriga tuşib qolgan. Ikki örtada 5 qiz va 1 öğil bor. Ular bugungi kunda onasi bilan Sizranda istiqomat qilib kelmoqda. Ayol köp yillar qiynalib, hayotning oğir-yengil kunlarini birgalikda ötkazib, şu yoşga yetganida bu körgilikka duç kelib turibdi.

Kun.uz muxbiri ayni muammo sabablarini örganiş, G.M.ning oilaviy şaroitini közdan keçiriş uçun Samaraning Sizran şahriga borib, ona va bolalari bilan uçraşdi.

«Erim 8 noyabr kuni yengil maşina orqali Özbekistonga ketdi. Telefonlaşib turdik. Biroz vaqt ötgaç, qaynonam 5 qizni çiqarişning özi bölmaydi, ajraşasan, deb öğlini köndiribdi. Endi ajraşaman deb turibdi. Men bir neça marta prezident virtual qabulxonasiga ham yozdim.

Erim meni xiyonatda uşlab olganini aytib yuribdi. Qani kim bilan uşlab olibdi? Isbotlab bersin, mayli ajraşsin. Özbekistonga ketay desam, moddiy imkonim yöq. Olti bola va özimga çipta puli kerak. Hujjatlariyam joyida emas», deydi suhbatdoş.

G.M. bugungi kunda şaharning köp qavatli uylariga kommunal xizmat körsatuvçi firmalardan birida işlaydi. Vazifasi öziga biriktirilgan köp qavatli uylarning hovlisi, tevarak-atrofini orasta saqlaş. Oylik maoşi 20 ming rublni taşkil etadi. Patent va ijara tölovlaridan söng, 6 farzandi bilan hisoblaganda 7 jon uçun 10 ming rubl (155 AQŞ dollari)dan köproq mablağ qoladi, xolos.