Rossiya tomon poyezdda yölga çiqdik. Birinçi borib tuşgan joyimiz Qozon vokzali böldi. Vokzalda röy bergan birinçi taassurotimiz haqida esa avvalgi videomaterialimizda töxtalib ötgan edik.
Moskvaga yetib kelgaç, vokzaldan çiqişimizda bizni politsiya xodimi töxtatdi va hujjatlarimizni tekşirişini aytdi. Hujjatlarimizni körib, qölidagi apparatiga nimalarnidir qayd etib qöydi.
Politsiya xodimiga, albatta, nima uçun kelganingiz va Moskvada nima qilişingizni aytişingiz kerak. Ammo bilişimizça, sizni bunday töxtatib, söroq qiliş Rossiya qonunçiligida yöq. Şubhasiz, markaziy osiyoliklarga xos taşqi körinişimiz va qölimizdagi yuklar politsiya xodimining e'tiborini tortgan.

Bir neça kun ötib, saylov jarayonini yoritiş maqsadida Özbekiston Respublikasi elçixonasida böldik. Elçixonaga boriş yölida esa Qozon vakzalidagi holatga öxşaş voqea sodir böldi. Rus politsiyasining elçixonamizga «alohida e'tibor» berişini kördik. Çunki elçixonaga boriş yöllarida ular «öz xizmat vazifalari»ni bajarar ekan. Elçixonamizga kelayotgan fuqarolarimizni töxtatib, hujjatlarini birma-bir tekşirişadi.
Tabiiyki, elçixonaga biron-bir hujjatida muammosi bor fuqarolar tez-tez murojaat qilib turadi. Buni rus politsiyasi ham yaxşi bilgani sabab şu atrofdagi yöllarda turişadi. Qiziği şundaki, elçixonaga kelayotgan fuqarolarimiz tilni yaxşi bilmasa yoki hujjatida qandaydir kamçilik topiladigan bölsa, politsiya xodimi ba'zi hollarda uni olib ketadi.
Elçixonadan qaytib çiqib, manzilimiz tomon ketayotganimizda şu köçada politsiya xodimlariga duç keldik. Yaxşiyamki, hujjatlarimiz joyida. Aksi bölganda, biz ham yo jarimaga tortilardik, yo deport qilinişimiz mumkin edi.

Qisqaça aytganda, Rossiya poytaxtida vokzaldan çiqişingiz bilan sizni quçoq oçib Moskva emas, politsiya xodimi kutib oladi. Bundan esa ajablanmang. Çunki bu holat kelgusida siz bilan tez-tez takrorlanib turişi mumkin.
Elçixonamizga borişda esa yöllarda ehtiyot böling, ayniqsa hujjat masalasida muammongiz bölsa. Ikkinçidan, agar rus tilini bilmasangiz, yolğiz borişni maslahat bermaymiz. Tilni biladigan biror yaqiningiz yoki tanişingiz bilan borganingiz ma'qul.













