Özbekistonliklarning köpçiligi bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida mehnat qilmoqda. Ba'zida quloğimizga “deport bölibdi yoki bölmasa Rossiyaga kirişga taqiq olibdi” qabilidagi gap-sözlar çalinib turadi. Xöş bugungi kunda Rossiyadagi vatandoşlarimiz Rossiyada yaşaş va işlaş davomida duç kelayotgan asosiy muammolar qaysilar?
Savollarimizga javob topiş maqsadida Moskvada mehnat migrantlariga huquqiy yordam berib kelayotgan va muhojirlar hayoti hamda muammolaridan köproq xabardor vatandoşimiz, migratsiya böyiça yurist Aziz Hayitov bilan suhbat uyuştirdik.
- Hozirgi vaqtda Rossiyada mehnat migrantlari bilan boğliq qanday muammolar bor?
– Hozirgi kunda mehnat muhojirlarimizda birinçi muammo bu – tilni bilmaslik va huquqiy bilim yöqligi. Buning ortidan esa boşqa muammolar kelib çiqmoqda. Bilamizki Rossiyaga kirişda migratsion karta beriladi. Ana şu kartani töldirişda ismi-şarifini yoki kelişdan maqsadni körsating degan joyini xato töldirsa, uning uçun muammo boşlanadi. Bu xatolik registratsiya va patent olişga ham ta'sir qiladi. Agar mehnat mohojiri migratsion kartani töğri töldirsa demak, u rus tilini tuşunadi va yozişni biladi. Demak asosiy muammo bu – tilni bilmaslik.
- Deportatsiya va Rossiya hududiga kirişga taqiq qöyiş muammosiga ham töxtalib ötsangiz

– Deportatsiya oxirgi 4-5 yilda judayam ommalaşib ketdi. Bu muammo ham asosan til bilmaslik oqibatida kelib çiqadi. Ya'ni rus politsiyasi mehnat migrantini töxtatib, hujjatlarini söraganida mehnat muhojirining hujjatlari töğri bölsa ham gapira olmaydi. Gapira olmagani uçun ham muammo bölyapti. Biz köp sud jarayonlarida iştirok etamiz. Sudlarda özbekistonlik fuqaroni himoya qilib, sudyaga vatandoşimizning huquqbuzarlik sodir etmaganini tuşuntiramiz. Şunda sudya “vatandoşingni himoya qilgunça, borib rus tilini örgat. Sen bu yerga kelib uning huquqini himoya qilyapsan, lekin vatandoşlaringa tilni örgatmayapsan. Yaxşiyamki deportatsiya qilibdi. Boşqa tuhmat bilan qamaganda sen ham men ham yordam bera olmasdik” – deb töğridan-töğri bizga aytişadi. Bu gaplar haqiqatdan ham töğri. Sud jarayonida men sudyaga vaziyatni tuşintiryapman şunda sudya töxtatib, migrantning özidan söradi. Migrant esa mening gapimga qarama-qarşi gapirdi. “Ha” deyişi kerak bölgan joyda “yöq” dedi. “Yöq” deyişi kerak joyda “ha” dedi. Şundan söng mening işim teskari bölib ketdi.













