Rossiya. Moskva viloyati tumanlaridan biridamiz. Bir neça qönğiroqlaşuv va telefonimizdagi xaritani işga solgan holda bu yerga yetib keldik. Maqsadimiz – ayollarga xos bölmagan hunarni örgangan qaşqadaryolik qiz bilan uçraşiş, uning hayotidan lavha tayyorlaş, maqsadiga yetişiş uçun nimalar qilganini tinglaş, öquvçilarga yetkaziş.
– Rossiyaga qanday keldingiz, dastlab nima iş qildingiz bu yerda?
– Özbekistonda «stroyka»da işlardim. Blok quyardim, ğişt terardim. Bir qöşnimiz: «Iroda, sening hunaring bor, Rossiyaga bor», dedi. 2010 yilda Rossiyaga kelganman. Allohga şukr, yölimni topdim. Birinçi kelganimda til bilmasdim, yöl bilmasdim. Öşanda, Balaşixada monolit «stroyka»da işladim. Armatura töqirdik, beton olardik. 3 yil öşa joyda işladim.

– Ayollarga xos bölmagan bir hunar egasi ekansiz. Avtoslesarlik bilan şuğullanarkansiz.
– Aslida, bu işga jalb qilgan kişi boşliğim edi. Meni dadam özi «svarçşik» (payvandçi). Dadamdan avtogen va «svarka» (payvandlaş)ni örganganman. Bu yerda (qurilişda) ham «svarka»da işlardim.
Bir yakşanba kuni, boşliğim maşinasini ustaga berganini aytib, birga borib kelişni söradi. Borsak, biri «şkurka» qilyapti, biri «jyestyanka» qilyapti, boşqasi «gruntovka», yana biri böyoq sepyapti.
Men özim avtomobillarga qiziqqanim uçun boşliğimdan bir oyga qançaga örgatişlarini sörab berişini iltimos qildim. Oyiga yuz dollar deyişdi. Rozi böldim. 2014 yilda bu kasbni örganganman.

Tunda qurilişda işlardim, kunduzi avtoustaxonada hunar örganardim. Bu hunarni uç oy içida örganib, çiqib ketganman.
– Tunda qurilişda, kunduzi ustaxonada. Çarçab qolmadingizmi? Qanday ulgurdingiz?
– Betonni keçasi 3-4 soatda quyib bölardik. Soat 4-5da uxlasam ham bemalol ertalab 9gaça dam olardim. U yerda esa, avtoservisning yopilişiga qarab, soat 6-7, köpinça 8gaça qolardim. Şu soha böyiça işlayotganimga 6 yil bölyapti. Heç qaysi ustozim, qölimdan uşlab, uni qil, buni qil, deb örgatmagan. Özim qarab-qarab, mustaqil işlab örganganman.














