Kun.uz sayti xodimlari Rosiyaga safar çoğida turli soha vakillari bilan suhbatda bölib, ularning iş faoliyati va muammolarini örganişga harakat qildi. Rossiyadagi özbekistonlik migrantlarga huquqiy yordam beriş bilan şuğullanib kelayotgan asli özbekistonlik huquqşunos Valentina Çupik bilan suhbatda migrantlar hayotiga oid muhim jihatlar haqida söradik. Suhbat öz-özidan Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş masalasi bilan boğliq tarzda keçdi.

— Sönggi vaqtlarda Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilişi borasida köplab muhokamalar bölmoqda. Ayting-çi, Özbekistonning ittifoqqa qöşilişi özbekistonlik migrantlarga qançalik darajada ta'sir qiladi?

— Bu juda ham kuçli ta'sir qiladi. Köproq salbiy tarafdan. Bunga misol qilib qirğiz migrantlarini aytişim mumkin. Qirğiz migrantlarini hibsga oliş böyiça murojaatlar özbek migrantlarinikiga qaraganda ikki baravar köp. Aslida Rossiyada özbekistonlik migrantlar soni qirğiz migrantlariga qaraganda 6 baravar köp.

Qirğiz migrantlarini hibsga oliş qay darajada töğri? Bu borada Sergiyenkoning (Moskva migratsiya masalalari böyiça boşqarma rahbari, politsiya polkovnigi Dmitriy Vladimiroviç Sergiyenko - tahr.) patent tölovçi fuqarolarni davlatdan çiqarib yubormaslik haqida maxsus buyruği mavjud. Qirğiziston fuqarolari patent tölaşmaydi, çunki ular Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolari hisoblanadi.

Demak, şu bilan birga ular boşqalardan köra himoyasiz va ularning har qanday huquqbuzarliklari davlatdan çetlaştiriliş bilan tugaşi mumkin. Bu haqida politsiyadagilar ham yaxşi biladi. Şuning uçun, aynan qirğiz migrantlarini köproq uşlaşadi. Çunki ulardan pul undiriş osonroq.

Ha, ular har oy 5 ming rubl patent tölaşmaydi. Lekin politsiya xodimlari ulardan oyiga 1,5-2 baravar köproq pul undirişadi. Çunki ularni haftada örtaça ikki marta uşlaşadi. Bizning migrantlarni esa ikki haftada örtaça bir marta uşlaşlari mumkin.

Bundan taşqari, bizning migrantlar bilan soliştirganda qirğiz migrantlarining rasmiy işga joylaşiş imkoniyatlari pastroq hisoblanadi. Iş beruvçi ham ahmoq emas, köp soliq tölagandan köra kamroq soliq tölaş foydaliligini tuşunişadi.

Qirğizistonlik migrantlarni işga olgandan keyin jismoniy şaxslar uçun daromad soliğini töliq tölaş kerak böladi. Patent bilan işlovçi muhojirlarga esa bunday soliq tölaş şart bölmaydi. Qolaversa, ularga ijtimoiy tölovlar va majburiy tibbiy suğurta tölovlari ham şart emas.