Kun.uz`ga öqituvçilardan murojaat kelib tuşdi. Unda öqituvçilar maktablarning 5-8 sinf öquvçilari örtasida umumta'lim fanlari böyiça an'anaviy ravişda ötkazib kelinadigan «Bilimlar bellaşuvi» tanlovining nega joriy yil ötkazilmagani bilan qiziqişgan.
«Bu tanlov garçi öquvçilar uçun alohida imtiyoz bermasa-da, biroq ularning keyingi yillarda fan olimpiadalariga tayyor bölib borişlariga, bilimini oşirişga asos bölib xizmat qilayotgandi. Uning nima sababdan töxtatib qöyilgani va qaytadan ötkazilişi mumkinmi yoki yöq, aniqlaşda yordam bersangiz», – deyiladi murojaatda.
Tanlov joriy öquv yilidan boşlab töxtatildi
Xalq ta'limi vazirligidan aniqlik kiritişlariça, respublikada 11 yillik umumiy örta ta'limga ötilişi körik-tanlov va fan olimpiadalari kabi tadbirlarning köpayişiga sabab bölgan.
Şuning uçun ham öquvçilarning yoş-psixofiziologik holatlarini inobatga olib «Bilimlar bellaşuvi»ning respublika bosqiçi 2018 yildan bekor qilingan.
Ma'lum bölişiça, 2018-2019 öquv yili uçun ötkazilgan tanlovning tuman bosqiçlari ğoliblari viloyatlarda taqdirlangan, lekin ular keyingi bosqiçda iştirok etişmagan. 2019-2020 öquv yilida esa «Bilimlar bellaşuvi» butunlay töxtatilgan.
«Tanlovning dastlabki bosqiçlaridan e'tirozlar köp böldi...»
Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Anvar Umarovning aytişiça, bunga ötgan öquv yilida ötkazilgan «Bilimlar bellaşuvi» yuzasidan ota-onalar, öquvçi va öqituvçilar tomonidan taklif va şikoyatlar kelib tuşgani sabab bölgan. Köpçilik tanlovning dastlabki bosqiçlarini ötkazişda yuzaga kelayotgan turli kamçiliklardan norozi bölgan.
«Mazkur taklif va şikoyatlarni inobatga olgan holda «Bilimlar bellaşuvi»ni yanada adolatli va şaffof taşkil qiliş maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tanlov formati va şartlarini qayta körib çiqmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi tanlovning yangi formati va şartlari tasdiqlanganidan keyin qöşimça ma'lumotni e'lon qiladi», – dedi Anvar Umarov.
«Bilimlar bellaşuvi» bir yilda 2,5 million nafar bolani qamrab olgan
2010-2011 öquv yilidan boşlab ötkazilayotgan «Bilimlar bellaşuvi» tanlovida öquvçilar umumta'lim fanlari böyiça bilimini tört bosqiçda (maktab, tuman, viloyat va respublika) qatnaşib kelayotgan edi.
Har yili tanlovning maktab bosqiçida örtaça 2,5 mln nafar, tuman (şahar) bosqiçida örtaça 360 ming nafar, viloyat bosqiçida 9 ming 200 nafar, respublika bosqiçida örtaça 500 nafar öquvçi qamrab olingan.
«Tanlov bolalarning öqişga motivatsiyasini oşiriş uçun kerak...»
Sabina Xudayqulova ayni paytda Özbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro munosabatlar yönalişida davlat granti asosida öqiydi. U 2012, 2013 yillarda tarix fani böyiça «Bilimlar bellaşuvi»da ketma-ket respublika ğolibi bölgan.
«Men eng avval 5-sinfda bu tanlovga qatnaşganman. Maktab bosqiçida 2-örinni olganimdan keyin, öşandayoq biror narsaga erişiş uçun köproq harakat qiliş kerakligini sezganman. Va keyingi yillarda ketma-ket 2 marta ğolib böldim.
Şu tanlovga tayyorgarlik köriş orqali tarixga, siyosatga, huquqqa qiziqib qolganman. Balki şuning uçun hozir şu yönalişda tahsil olyapman. Bu tanlovda men keyingi rejalarimni töğri qilişga erişganman», – deydi Sabina Xudoyqulova.
Uning aytişiça, «Bilimlar bellaşuvi» oilasiga iqtisodiy jihatdan ham yordam bergan. Çunki Sabina özi iştirok etgan fandan kiriş imtihonlariga tayyorgarlik köriş uçun repetitorga ham bormagan.
«Öqituvçilar faqat bitta öquvçi bilan işlaydi, qolganlar e'tibordan çetda qoladi, deb öylaşadi. Lekin menimça, har bitta sinfdan bitta bolaga qaysidir fan böyiça çuqur şuğullanişga imkon berilsa, nimasi yomon. Çunki öquvçi bölgan inson sifatida aytişim mumkinki, faqat darslar orqali öquvçini qiziqtiriş qiyin.
Bundan taşqari, boşqa fanlardan ham qatnaşgan tengdoşlarim bilan tanişiş orqali öşa fanlarga ham qiziqişim oşgan. Bu bilan bola bittagina fan bilan çegaralanib qoladi, degan fikrlarni inkor qilmoqçiman», – deydi Sabina.
Öquvçilarga bilimlarini sinab körişi uçun imkon beriş kerak, deb hisoblovçi Sabina Xudoyqulova hozir özi ösgan Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi qadimiy qoyatoş yozuvlari böyiça ilmiy izlanişlar olib bormoqda.
Bu böyiça qator maqolalari xalqaro naşrlarda çop etilgan. Sayyohlarga viloyatdagi turistiy obektlarni oson topişga yordam beruvçi «Navoi tourist map UZB» mobil ilovasi va «Navoiy turizm yöl xaritasi» loyihasi uçun Intellektual mulk agentligidan guvohnoma ham olgan.
Sabina Xudoyqulova kabi «Bilimlar bellaşuvi» tarbiyalagan yoşlar respublikada köp.
«Oxirgi paytlarda xatolar köp kuzatilayotgandi...» – öqituvçi
«Bir neça yillardan buyon bu tanlovda öquvçilarim qatnaşib, yaxşi natijalarni qölga kiritib kelişadi.
Biroq oxirgi paytlarda uning ötkazilişi bilan boğliq kamçiliklar köp kuzatilayotgandi. Masalan, iştirok etuvçilar yozma va amaliy imtihondan taşqari, test topşiriqlarini ham bajarişadi. Lekin tanlov nizomiga köra, testda xatolik uçrasa ham, appelyatsiya uçun ariza yoziş mumkin emas. Negaki, test topşiriği qayta körib çiqilmaydi.
Biroq oxirgi 2 yilda testlarda köp xatolar çiqayotgandi va bu böyiça bir neça marta Xalq ta'limi vazirligiga ham murojaat qilganman», – deydi Navoiy şahridagi 11-sonli davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktabi öqituvçisi Hojiakbar Juliyev.
Uning aytişiça, «Bilimlar bellaşuvi»da qatnaşgan öquvçilarining köpçiligi keyinçalik aynan öşa yönalişda yaxşi natijalarga erişganini köp bora kuzatgan. Biroq tanlovda kuzatilgan kamçiliklarni tuzatiş ham, nizomdagi ayrim örinlarga qöşimçalar kiritiş ham juda muhim.
Bu kabi fikrlarni hisobga olgan holda, Xalq ta'limi vazirligi tanlovni yangi formatda, yaxşiroq variantda tezroq taqdim etadi, degan umiddamiz.
Zilola Ğaybullayeva












