Prezidentning “Özbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi qoşidagi “Vaqf” xayriya jamoatçilik jamğarmasi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan “Özbekiston turizm magistrali” (Xonobod-Möynoq) böylab turistlar uçun zarur infratuzilma obektlari (kafe, savdo nuqtalari, ma'lumot burçagi, dam oliş va köngiloçar joylar, tahoratxona va namozxonalar) yaratiş böyiça Islom taraqqiyoti banki mablağlarini jalb qiliş masalasi körib çiqilmoqda.
Prezidentning 2019 yil 13 avgustidagi PF-5781-son farmoni bilan taşkil qilingan “Özbekiston turizm magistrali” (Xonobod-Möynoq) turizm transport koridori böylab avtomagistral yöllari va yölböyi infratuzilmasi holatini örganiş böyiça işçi guruhi yaratilayotgan yöl böyi infratuzilmasi obektlari joylaşişini aniqlaş, ularga yer uçastkalari ajratiş va quriliş uçun ruxsat oliş böyiça çoralar köriladi.
Respublikaning turistik şaharlarining yirik savdo-köngiloçar markazlarida, şuningdek avtomagistrallar böyida turistlar uçun şaroitlar, şu jumladan ma'lum joylarda tahorat qiliş va ibodat qiliş uçun şaroitlarni yaratiş böyiça taşkiliy çoralar işlab çiqilişi rejalaştirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita Madaniyat vazirligi, Davlat turizm qömitasi va Özbekiston musulmonlar idorasi bilan birgalikda quyidagilarni işlab çiqadi:
turistlar uçun qöşimça şaroitlar yaratiş maqsadida jamoat joylarida tahorat va ibodat qiliş joylariga xos namunaviy talablar;
ziyorat qadamjolarida böliş, madaniy va ibodat binolarini ziyorat qiliş qoidalari.
Madaniyat vazirligi, “Vaqf” fondi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi turizm aylanmasiga kiritilgan moddiy-madaniy meros obektlari sonini, ularni turizm aylanmasiga kiritiş mexanizmini körsatgan holda (inventerizatsiya ötkaziş va aniq mezonlar böyiça yuqori salohiyatli obektlarni aniqlaş, infoturlar taşkillaştiriş, obektlarni tarğib qiliş) 800taga yetkaziş böyiça dastur işlab çiqib, tasdiqlaydilar.












