Özbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan 2017 yil 20 noyabrda davlat mudofaa buyurtmalarini şakllantiriş hamda mudofaa ahamiyatiga ega bölgan işlab çiqariş sohasida yagona davlat siyosatini olib borişga mas'ul bölgan davlat organi – Özbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati böyiça davlat qömitasi tuzildi.
Qömitaning asosiy vazifalari sifatida davlat mudofaa buyurtmalarini şakllantiriş va bajarişni ta'minlaş, davlat va xöjalik boşqaruv organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, taşkilotlarning mudofaa sanoati sohasidagi faoliyatini muvofiqlaştiriş, qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikalar hamda boşqa mulkni işlab çiqariş, ta'mirlaş, modernizatsiya qiliş, xalqaro harbiy hamkorlikni yölga qöyiş va boşqa dolzarb vazifalar belgilandi.
Qömita xabariga köra, ötgan ikki yil mobaynida dunyoning 20dan ortiq rivojlangan davlatlari bilan harbiy-texnik hamkorlik örnatildi, 6 davlat bilan hukumatlararo komissiya faoliyati yölga qöyildi, 10 dan ortiq davlatlar bilan harbiy-texnik hamkorlik yönalişida xalqaro bitim va kelişuvlar imzolandi. Tizimli ravişda zamonaviy qurol-aslaha va jangovar texnikalarni xarid qiliş işlari amalga oşirilmoqda.
Qurolli Kuçlarning harbiy va ikki maqsadda foydalaniladigan mahsulotlarga bölgan talablarini öz vaqtida va sifatli bajariş maqsadida 2018-2019 yillarda KamAZ avtomobili şassisida yuk va maxsus avtomobil texnikalarini, harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaloqa vositalari, nafas oliş organlari himoya vositalarini, oziq-ovqat payoklari va boşqa turdagi harbiy va ikki maqsadda foydalanadigan mahsulotlarni işlab çiqariş böyiça bir qança tarmoqlararo loyihalar amalga oşirildi.
BM-21 “Grad” rusumli yalpi öt oçiş reaktiv tizimi yangi zamonaviy şassiga örnatildi va bu tizim amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli ötdi.
BTR-70 rusumli transportyorga yangi zamonaviy dizel dvigateli, uzatiş qutisi örnatilib, mobil imkoniyatlari oşirildi. Şuningdek, şaxsiy tarkib himoyasini oşiriş maqsadida qöşimça zirh va kumulyativ panjara bilan jihozlandi.
T-64 rusumli tankning kuç bölimi töliq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy, katta quvvatga ega dvigatel va transmissiya agregatlari qöyildi, raqamli aloqa vositalari bilan jihozlandi.
“Gaz-66” rusumli avtomobillariga ISUZU dvigatellari va uzatiş qutilarini örnatgan holda modernizatsiya qiliş yölga qöyildi. Bu ularning harakatçanlik va mobil imkoniyatlarini oşirdi.
Şuningdek, “KamAZ” avtomobillari şassida barça şaroit va hududlarda qöşinlar boşqaruvini ta'minlay oladigan mobil qömondonlik boşqaruv punkti, şuningdek zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlangan, har qanday murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oşirişga qodir tibbiyot punkti yaratildi.
“Çirçiq aviatsiya ta'mirlaş zavodi” DK rekonstruksiya qilinib, töliq kapital ta'mirdan çiqarildi va texnologik jihatdan qayta jihozlandi, buning natijasida korxona tomonidan körsatilayotgan xizmat turlarini kengaytiriş imkoni yaratildi. Jumladan, “Mi” rusumidagi vertolyotlarning ta'mirlanayotgan jihozlari nomenklaturasi ortdi, Su-25 rusumli samolyotlarni ta'mirlaş özlaştirilmoqda.
“Vostok” IIB DUKda bugungi kunda öqotar qurollar uçun öq-dorilar işlab çiqarilmoqda. Amalga oşirilgan tadbirlar natijasida 2020 yilning birinçi yarmida yangi turdagi patronlar işlab çiqaruvçi liniyaning işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda.
Harbiy kiyim-anjomlarni işlab çiqariş böyiça özbek-turk qöşma korxonasi tuzilib, 2019 yilda dastlabki sex faoliyati yölga qöyildi, 2020 yil II kvartalda korxona töliq quvvatda işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
2020 yilda Mudofaa sanoati böyiça davlat qömitasi tomonidan qömita tasarrufidagi (“Vostok” IIB DUK, “Çirçiq aviatsiya ta'mirlaş zavodi” DK, “Innovatsion texnologiyalar markazi”, MS TexMash va MS RemTex MÇJlar) hamda mahalliy korxonalar (KRANTAS, ISUZU va boşqalar)da işlab çiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadda qöllanadigan mahsulotlar va xizmatlar körsatiş körsatkiçlarini 2 barobarga oşiriş rejalaştirilgan.
Yuqorida belgilangan natijalarga erişiş, mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlaş maqsadida 2020-2025 yillarda Özbekiston Respublikasi mudofaa sanoatini yanada rivojlantirişga qaratilgan amaliy harakatlar rejasi (“Yöl xaritasi”) işlab çiqilmoqda.
Uşbu rejada Özbekiston Respublikasi prezidenti – Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib çiqqan holda 2020 va keyingi yillarda asosiy e'tibor Qurolli Kuçlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, hamda boşqa mahsulotlarga bölgan ehtiyojlarini töliq ta'minlaşga, mahalliy işlab çiqariş korxonalari faoliyatini takomillaştirişga, işlab çiqarilayotgan harbiy va ikki maqsadli mahsulot turlari va nomenklaturasini köpaytirişga, korxonalarga turli imtiyozlar yaratgan holda mahsulotlar tannarxini tuşiriş va ularning eksportbopligini oşirişga qaratiladi.



















