Özsanoatqurilişbank Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universiteti bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika yönalişida mutaxassislarni jalb qiliş böyiça özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.

Kelişuvga köra, Bank tomonidan universitetning yuqori bosqiç talabalari uçun stipendiya ajratilişi rejalaştirilgan. Bunda stipendiya Bankdagi amaliyot jarayonlarini a'lo darajada ötagan va tegişli komissiya suhbatidan muvaffaqiyatli ötgan talabalarga möljallanişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, Bank tizimda innovatsion yeçimlarni joriy qiliş maqsadida talabalarning şu sohaga doir yangi dasturiy tizimlarni işlab çiqiş va joriy qiliş borasidagi sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş maqsad qilingan.

Buning uçun universitet binosida “Özsanoatqurilişbank innovatsion markazi” işga tuşiriladi. Markazda talaba-yoşlar dasturiy ta'minotlar yaratiş, ularni bank axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimida joriy qiliş, şu sohada yangi bank xizmatlari uçun biznes jarayonlarni taşkil etiş, umuman, bank biznesining barça yönalişlari böyiça nazariy bilimlarini amaliy könikmalar asosida mustahkamlaşga qulay şaroit yaratiladi.

Şuningdek, tomonlarning kelişuvi bank xodimlarining AKT va axborot xavfsizligi sohasidagi bilim va könikmalarini oşirişga ham qaratilgan. Bu borada iş universitetning mahoratli pedagoglarini jalb qilgan holda taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Ta'kidlaş joiz, Özsanoatqurilişbankda xodimlar malakasini oşiriş hamda ular zaxirasini şakllantiriş zamonaviy uslubda olib borilmoqda. Bankning qator nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan turli mazmundagi loyihalarni amalga oşirişi şu yönalişdagi çora-tadbirlar sirasiga kiradi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida