«Turkiya savdo vaziri Ruxsora Pekjon boşçiligidagi hukumatning katta delegatsiyasi 12-13 mart kunlari mamlakatimizga taşrif buyuradi», - dedi u.

Taşrif kun tartibidan imtiyozli savdo töğrisidagi bitimni işlab çiqiş böyiça muzokaralar olib boriş örin olgan. Turkiya işbilarmon doiralari vakillarining ham taşrif buyurişi kutilmoqda.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-20 fevral kunlari Turkiyaga taşrif buyurdi va u yerda ikki mamlakat rahbarlari raisligida birinçi marotaba oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining yiğilişi bölib ötdi. 

Umurzoqovning sözlariga köra, taşrif çoğida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bölgan yangi sarmoyaviy loyihalar va savdo şartnomalarini amalga oşiriş töğrisida kelişuvlarga erişildi.

2020 yil yakuniga qadar tomonlar özaro savdo aylanmasi hajmini 3 milliard dollarga, keyingi yilda 5 milliard dollarga yetkazişi kutilmoqda.