Organic Welcome saytiga köra, banan juda foydali, çunki u kaliy, kletçatkalar, C va V6 vitamini hamda boşqa ozuqalarga boy.

Bundan taşqari, banan kletçatkasi bu mevadagi nisbatan yuqori şakar miqdorini muvozanatlaştiradi, bu qon tarkibiga tuşadigan şakar miqdorini çeklaydi.  

Yaxşisi, har kuni ikki donadan banan iste'mol qilsangiz nima bölişini körib çiqamiz. Uning ijobiy ta'siridan taşqari, ba'zi ogohlantirişlar ham borligini bilib qöygan yaxşi.

1. Ikki dona banan kaliyning kunlik iste'mol qiliş miqdoriga teng

Yuqorida aytib ötilgan saytga köra, kaliy tanamizda qator muhim funksiyalarni bajaradi. U organizmning hayotiy funksiyalarini ta'minlaşda zarur bölgan energiya işlab çiqarilişi uçun tanamizning har bir hujayrasiga zarur. Kaliy qon bosimi, yurak urişini barqarorlaştirişga yordam beradi va insulin sekretsiyasini rağbatlantiradi. Kaliy natriy bilan birgalikda tanamizdagi suyuqlik miqdorini tartibga soladi.

Katta yoşdagi soğlom insonlar uçun eng maqbul kaliy miqdori kuniga 3500 dan 4700 mggaça bölib, unga bölgan haqiqiy ehtiyoj turmuş tarzi va boşqa omillarga boğliq. Ikki dona örtaça kattalikdagi banan tarkibida esa 900 mg kaliy mavjud. Kaliyning qöşimça manbalariga kartoşka, qovun, ismaloq, lavlagi, oq loviya va pomidor sousi kiradi.

2. Kuniga ikki dona banan yeyiş qon bosimini me'yorida tutib turişga yordam beradi

Natriy va kaliy örtasidagi muvozanat tufayli buyraklar tanadagi suyuqlik miqdorini tartibga soliş orqali qon bosimiga ta'sir körsatadi. Afsuski, köpçiligimizning ovqatlaniş ratsionimizda natriy köp va kaliy yetarli miqdorda emas, bu esa yuqori qon bosimiga olib kelişi mumkin.

Agar kuniga ikki dona banan iste'mol qilsangiz, yuqori qon bosimi xavfini sezilarli darajada kamaytirgan bölasiz.

3. Kuniga ikki dona banan yeyiş saratonga çaliniş xavfini kamaytiradi

Bananning yana bir foydasi – unda eng kuçli antioksidantlardan biri bölgan S vitaminining miqdori yuqori. Antioksidantlar saratonni keltirib çiqaradigan erkin radikallar miqdorini va kasallikka çaliniş xavfini kamaytiriş xususiyatiga ega. Banan tarkibidagi tolalar yöğon içak saratoni rivojlanişi xavfini kamaytiradi.

4. Kuniga ikki dona banan yeyiş yurakning soğlomligini yaxşilaydi

Tadqiqotlarga köra, kuniga kamida 4069 mg kaliy iste'mol qiladigan odamlarda boşqalarga qaraganda yurak işemik kasalligidan vafot etiş ehtimoli kamroq böladi. Banan tarkibida yurak uçun foydali bölgan boşqa oziq moddalar ham mavjud. Kletçatkalar, S va V6 vitaminlari yurak salomatligini saqlaşga yordam beradigan kuçli uçlikdir.

5. Kuniga ikki dona banan yeyiş oşqozon bilan boğliq muammolarni yengillaştiradi

Banan ovqat hazm qiliş tizimi uçun foydali, çunki kaliy tanadagi elektrolitlar muvozanatini saqlaşga yordam beradi, tolalar esa taomning ovqat hazm qiliş tizimidan ötişini yengillaştiradi. Banan tarkibida ovqat hazm qiliş jarayonida uglevodlarni töxtatib, xolesterin miqdorini va glyukoza sörilişini kamaytiradigan pektin kletçatkasi mavjud.

Va yakunda. Yurak kasalligini davolaş uçun beta blokatorlar qabul qiladigan bemorlarga kuniga ikkitadan banan yeyiş tavsiya etilmaydi, çunki bunday insonlar tarkibida kaliy miqdori yuqori bölgan har qanday taomni iste'mol qilişda ehtiyot bölişi kerak. Beta blokatorlari kaliy miqdorini oşirib, soğliqqa xavf tuğdirişi mumkin.