Bozordagi kapitallaşuvi 17,4 milliard dollar bölgan eng yirik blokçeyn loyihalaridan biri Tron asosçisi Jastin Sun avvalroq 6,2 million dollarga sotib olgan bananni yedi. U öz xatti-harakatining sababini tuşuntirmadi.

Jastin Sun 21 noyabr kuni «Comedian» deb nomlangan va devorga yopiştirilgan banan körinişidagi art-obektni Sotheby's auksionida 6,2 million dollarga sotib olgan edi.

«Bu şunçaki san’at asari emas: u san’at, memlar va kriptovaluta hamjamiyatini boğlaydigan madaniy hodisani ifodalaydi. Işonçim komilki, bu iş yangiça fikrlaş va munozaralarni ilhomlantirib, tarixning bir qismiga aylanadi», deb yozgan edi Sun xaridi haqida.

«Comedian» san’atning konseptual asari bölib, u devorga skoç lentasi bilan yopiştirilgan banan edi. U 2019 yilda Art Basel Miami Beach yarmarkasida rassom Mauritsio Kattelan tomonidan taqdim etildi. Asarda rassom tomonidan Mayamidagi oziq-ovqat dökonidan sotib olingan banan işlatilgan.