20 fevral kuni Turkiya poytaxti Anqarada Turkiya respublikasi prezidentining Millat kutubxonasi oçildi.

Kutubxona oçilişiga bağişlangan tantanali marosimda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Rajab Toyyib Erdöğan taklifiga binoan, yagona oliy martabali mehmon sifatida iştirok etdi va nutq sözladi.

Tantanali marosimni Anqaradan turib yoritgan Kun.uz muxbiri Turkiya prezidenti Millat kutubxonasidan videolavha tayyorladi.

Millat kutubxonasi dunyodagi eng körkam va boy kitob fondiga ega kutubxonalardan biri sanaladi.

Muassasa qurilişi 2015 yilda boşlangan edi.

Yangi oçilgan kutubxona fondidan 2 mlndan ortiq bosma kitob, 12500 dona bosma jurnalning 2 mlndan ortiq soni örin olgan.

Unda, şuningdek, 550 ming elektron kitob, 6,5 mln elektron ilmiy işlar va 60 mingga yaqin elektron jurnalga oid 120 mlnga yaqin maqola, hisobot va boşqa ma'lumotlar mavjud.

Prezident kutubxonasi 11 qavatdan iborat. Bir vaqtning özida 5 ming kitobxonni qabul qiliş quvvatiga ega.

Kutubxonaning eng katta «Jahonnoma» zalida 16 ta ustun bor. Bu – 16 ta turkiy xalqlarning ramziy ma'nosini bildiradi.

Bu zal qubbasida Alaq surasining 4- va 5-oyatlarining turkça tafsifi bitilgan: «U qalam bilan ilm örgatgandir. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi».

Kutubxonaning 6-qavatida 408 kişilik ovqatlaniş joyi, 74 kişilik şirinliklar kafesi va dam oliş hududi joylaşgan.

Bu qavatda 2 ta yiğilişlar zali ham bor.

Öqiş zallarida foydalanuvçilar telefonda gaplaşişlari, çoy va kofe içişlari hamda suhbatlaşişlari mumkin bölgan 8 ta dam oliş bölimi hozirlangan.

Kutubxonaning 1699 m.kv. maydonda joylaşgan nodir asarlar bölimi bir vaqtning özida 226 kitobxonga xizmat körsata oladi.

Bu yerda 50 mingga yaqin nodir asarlar va ularning elektron versiyalari saqlanadi.

Kutubxonada 24 ta trening xonalari va sinflar mavjud bölib, bu sinflar 328 kişi uçun möljallangan.

Kutubxonada tadqiqotlar bölimi ham bor va u 3862 m.kv. maydonda, 630 kişilik siğimga ega. Bölimda 20 mingdan ortiq ilmiy kitoblar örin olgan.

Konferensiyalar zali 897 m.kv. maydonda joylaşgan bölib, 500 kişiga möljallangan.

Saljuqiylar nomli körgazma va muzey zalida turli davrlarga oid körgazmalar taşkil etiladi.

Kutubxona oçilişida nutq sözlagan Rajab Toyyib Erdöğanning aytişiça, bu kutubxonada kitobxonlarga har kuni, 24 soat mobaynida xizmat körsatiladi.

Şuningdek, kitobxonlarga çoy, kofe kabi içimliklar, simit va kek şirinliklari bepul taqdim etiladi.