Özbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi delegatsiyasi şu yil 22-23 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilgan «An'anaviy sport turlari va öyinlarini qöllab-quvvatlaşda hukumatlarning örni» mavzusidagi III Xalqaro etnosport forumida iştirok etdi.
Ma'lumki, joriy yil Turkiyada Butunjahon köçmançilar sport öyinlari ötkaziladi. Unda yurtimiz sport delegatsiyasi ham qatnaşişi rejalaştirilgan. Öz navbatida, hukumatimiz tomonidan Özbekistonning uşbu nufuzli sport tadbirida munosib iştiroki etişi belgilangan.
III Xalqaro etnosport forumida Osiyo, Yevropa, Afrika qit'alaridagi 46 ta davlatdan 200 nafardan ortiq delegat qatnaşdi. Şuningdek, forumni BMT hamda YuNeSKO vakillari ham kuzatib borişdi.

Forumda Özbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turkiya yoşlar va sport vazirligi, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamda 8 ta davlat sport vazirlari örtasida milliy sport turlari va öyinlari şuhratini oşiriş, ular bilan boğliq sport taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş, bu sohada davlatlar örtasida institutsional hamkorlikni kengaytiriş böyiça Qöşma bayonot imzolandi.

Sir emaski, Özbekistonda etnosportni yanada rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qolaversa, milliy sport turlarimiz – kuraş, belboğli kuraş, özbek jang san'ati va «Turon» sport turlarini dunyo xalqlari orasida yanada ommalaştiriş yölida ham sezilarli yutuqlarga erişilayotir.
Forum doirasida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turkiya yoşlar va sport vazirligi örtasida sport sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş maqsadida hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Uşbu memorandumning imzolanişi ikki mamlakat sportçilari hamda xalqlari örtasida hamkorlik aloqalarini, özaro anglaş va döstlikni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi. Unga köra, tomonlar sport muassasalari, oliy sport ta'lim muassasalari, sport federatsiyalari (uyuşmalari) va boşqa sport taşkilotlari örtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida özaro almaşinuv dasturlari, tajriba va axborotlarni quyidagi ustuvor yönalişlar böyiça qöllab-quvvatlaydi va rağbatlantiradi:
– oliy sport yutuqlari;
– sportda ilm-fan, ta'lim, tibbiyot va ovqatlaniş;
– ommaviy sport;
– sport texnologiyalari va sport infratuzilmasi;
– nogironlar sporti;
– sportni boşqariş;
– sportda dopingga qarşi kuraşda hamkorlik qiliş;
– sport turizmi salohiyati va imkoniyatlarini tarğib qilişni qöllab-quvvatlaş;
– sport tadbirlari orqali jamoalar, federatsiyalar, klublar va barça manfaatdor tomonlar örtasida sport turizmi faoliyatini rivojlantiriş va rağbatlantiriş;
– barça sport turlari böyiça hamkorlik.

Şuningdek, uçraşuvda ikki davlat sport federatsiyalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, birgalikda öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş, bolalar futbolini rivojlantiriş, sport mutaxassislari malakasini oşiriş, turk investitsiyalarini jalb etiş va yengil konstruksiyali energiya tejovçi sport obektlarini quriş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda muhokama qilingan masalalarni amaliyotga tatbiq etiş maqsadida ikki vazirlik örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Turkiya yoşlar va sport vaziri M.M.Kasapöğlu Özbekiston va Turkiya örtasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqib, uni imzolaş uçun Özbekiston Respublikasiga yaqin kunlarda taşrif buyurişini ma'lum qildi.
Turkiya yoşlar va sport vaziri taklifi bilan Özbekiston sport delegatsiyasi Turkiyadagi sport tadbirlari va öquv-maşğulot yiğinlari ötkaziladigan sport inşootlari va sport turizm obektlari bilan ham taniştirildi.
Tadbir doirasida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti N.B.Erdöğan bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda Özbekiston tomoni milliy sport turlari va öyinlari şuhratini oşiriş, şuningdek Özbekistonning boy madaniy merosi va an'analarini namoyiş etiş hamda turizm industriyasini rivojlantiriş maqsadida 2020 yilda qadimiy Xiva şahrining Içanqal'a majmuasida etnosport festivalini ötkazişni taklif qildi.
Şuningdek, tomonlar Turk hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) orqali hamkorlikni rivojlantiriş uçun takliflar kiritişga kelişib oldi.
Butunjahon etnosport konfederatsiyasi prezidenti Özbekistonda sport sohasida olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, mamlakatimizni örnak olişga arziydigan davlatlar sifatida e'tirof etdi.
Bundan taşqari, Turkiya safari davomida Dilmurod Nabiyev Ozarbayjon yoşlar va sport vaziri Azat Ragimov bilan ham uçraşdi.
Özaro muloqot çoğida Özbekiston delegatsiyasi rahbari sönggi yillarda Ozarbayjon bilan sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari biroz susayganini alohida ta'kidlab, özaro döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş hamda sport sohasida hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldilar.

Öz navbatida, Ozarbayjon yoşlar va sport vaziri ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşdan manfaatdor ekanligini ta'kidlab, Özbekiston bilan munosabatlarni yuqori darajaga olib çiqişga tayyorligini aytib ötdi. Muzokaralar yakunida tomonlar esdalik sovğalari almaşdilar.
Pokiston Islom Respublikasi Sport kengaşi raisi, doktor Fehmida Mirza, Qirğiziston Respublikasi Yoşlar, jismoniy ta'lim va sport agentligi örinbosari K.Arpaçiyev va Qozoğiston etnosport assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazilib, sport sohasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Turkiyaning «Bahadir Kul Architecs» kompaniyasi bilan uçraşuv ötkazilib, kompaniya tomonidan qurilgan sport inşootlari bilan tanişildi. Şundan söng, Özbekistonda yengil konstruksiyali energiya tejamkor va ob-havo şaroitiga mos bölgan sport inşootlari va sport maktablarining namunaviy loyihalarini işlab çiqiş jarayoni ketayotgani bildirilib, uşbu yönaliş böyiça hamkorlik takliflarini körib çiqişga tayyor ekanligi bildirildi.
Özbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati.












